Fan Tarixdan hikoyalar I. Mavzu



Download 4.89 Mb.
Page67/156
Date11.01.2023
Size4.89 Mb.
#60342
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   156
5 синф тарих
DARSNING BOSQICHLARI

T.r.

Bosqichlar

Mazmuni

Uslublar

Vaqti

I.

Tashkiliy
Ishlar

Salomlashuv.
Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash

og‘zaki
muloqot

3
daqiqa




II.

Dars
mazmunini tushuntirish

Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi
mavzuni tushuntirish.

tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.

25 daqiqa




III.

O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash

Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.

Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi

12
daqiqa

IV.

Dars
yakunlarini chiqarish

Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.

O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.

5
daqiqa

O‘quv mashg‘ulotining borishi


I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).
Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni
Milliy va ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi. Milliy va ma’naviy qadriyatlar asrlar davomida
yaratiladi. Ular ham, hayot o‘zgarishi bilan yo‘q bo lib ketmaydi. Aksincha, keyingi avlodlar uchun meros bo lib qoladi. Keyingi avlodlar esa ularni yanada boyitadi. Ular ham o‘zidan keyingi avlodga meros qilib qoldiradi.
Qadriyat (ahamiyatli, qimmatbaho, xalq boyligi) - insonlar uchun nihoyatda qadrli,
qimmatli bo'lgan barcha narsalardir. O‘zbek xalqi o‘tmishda barcha xalqlar havas qilsa arzigulik qadriyatlar yaratgan. Biroq ularning ko‘pi O‘zbekiston mustamlaka bolgan yillar davo­mida yergaurilgan edi. Mustaqillikdan so‘ng bu qadriyatlar bosqichma-bosqich tiklanaboshlandi.
O‘zbek tili -o‘zbek xalqining ona tili, oliy qadriyati. Mustamlaka yillarida u ikkinchi darajali til qatoriga tushirib qo‘yildi. Uning qollanish о‘mi chegaralanib qoldi. Bu hoi o‘zbek xalqining milliy g‘ururini kamsitdi. Bu holatga barham berish uchun Islom Karimovning tashabbusi bilan 1989-yildayoq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
Navro’zning tiklanishi. Navro‘z bayrami xalqimizning qadimiy qadriyatidir. U qadimda shunday e’zozli bayrambolganki, u nishonlanayotgan kunlardahatto urushlar to'xtatilgan. El-yurt osoyishta hayot kechirgan.
Navro‘z yaxshilik, mchr-oqibat va mumvvat bayrami sifatida ham juda qadrlangan. Navro‘zning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, aynan u nishonlanadigan vaqtda xalq rizq-ro‘zining asosi bolmish dchqonchilik ishlari ham boshlangan. Navro‘zana shunday xosiyatlariga ko‘ra eng sevimli bayramga aylangan. Biroq O‘zbekiston mustamlaka bolgan davrlarda Navro‘z eskilik sarqiti, deb e’lon qilingan va uni nishonlash taqiqlab qo‘yilgan.
1990-yilda O'zbekiston hukumati bunga chek qo‘ydi. Shu yildan boshlab Respublikamizda Navro‘z qayta tiklandi. 21-mart Navro‘z- milliy xalq bayrami hamda dam olish kuni deb belgilandi. Respublika aholisi buni mamnuniyat bilan kutiboldi.
Xalqimiz Navro‘z kunlarida hasharlar uyushtiradi. Yon-atrof tozalanadi, obodonlashtirish tadbirlari o‘tkaziladi. Daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqaziladi. Xalqimizning eng suyukli taomi-sumalakdasturxonlargatortiladi. Bundan tashqari, Navro ' zda yetim-yesirlarga, nogironlarga, kam ta’minlangan oilalarga muruvvat ko'rsatiladi.
Diniy bayram-hayitlarning tiklanishi. Islom dinining muborak ikkita asosiy bayrami bor. Ularning biri Qurbon hayiti (katta hay it), ikkinchisi Ramazon hayitidir (kichik hayit). Ramazon hayiti har yili ramazon oyida musulmonlar 30 kun ro'za tutib bo'lganlaridan so'ng nishonlanadi.
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan 1991-yildan boshlab Qurbon hayiti va 1992-yildan boshlab esa Ramazon hayiti bayram qilinib kelinmoqda. Bu hayitlarning birinchi kuni dam olish kuni deb belgilangan. Fuqarolarimiz har yili ramazon va qurbon hayitlarini emin-erkin bayram qilib kelmoqdalar.
Buyuk bobolarimiz qutlug’ nomlarining ulug‘lanishi. 1991-yildayoq buyuk shoir, o'zbek mumtoz adabiyotining asoschisi AlisherNavoiy tavalludining 550- yilligi nishonlandi. Bu ulug' sanaga bag'ishlab uning shoh asarlari qayta nashr etildi. Toshkent shahrida muhtasham va purviqor haykali o'matildi. Uning nomi bilan ataluvchi O'zbekiston Milliy bog'i bunyod etildi. Islom Karimov haykal vaMilliy bog'ning ochilishi marosimida so'zlagan nutqida Alisher Navoiy ni milliy g'ururimiz debulug'ladi.
O'zbekistonning mustamlaka yillarida nomi va buyuk ishlari unutilishga mahkum etilgan, aslida faxrimiz, iftixorimiz, g'ururimiz bo'lgan Amir Temur bobomizning qutlug' nomi tiklanganligi ulkan tarixiy hodisa bo'ldi.
O'zbekiston jahonga nafaqat buyuk ilm-fan allomalari yetkazib bergan о'lka, u ayni paytda, diniy allomalar ham yet­kazib bergan. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan davlatimiz mustaqilligi yillarida ularning ham qutlug' nomlari tiklandi. Chunonchi, vatandoshlarimiz, hadis ilmining buyuk namoyandalari imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Abu Iso at-Termiziy tavalludining esa 1200 yilligi nishonlandi.
Bundan tashqari, mashhur islom qonunshunosi BurhonuddinMaig'inoniy tavalludining 910 yilligi, islom dini asoslarini tushuntirib berish ilmining mashhur namoyandasi imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligi ham nishonlandi. Ulaming xotirasiga bag‘ishlab ajoyib me’moriy yodgorliklar bunyod etildi.
Yubiley tantanalarining barchasida Prezident Islom Karimov ishtiroketdi.
Mamlakatimizda millatlararo totuvlik. O‘zbekiston ham ko‘p mil- latli davlatdir. Unda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. 0‘zbek xalqiga boshqa xalqlarga mensimaslik yoki past nazar bilan qarash yot narsa. U asrlar davomida boshqa xalqlar vakillari bilan tinch-totuv yashab kelgan bag‘rikeng, do‘stlikni qadrlovchi xalq.
Mustaqillik yillarida hukumatimiz millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash choralarini ko‘rdi. Avvalo, O‘zbekistonning har bir fuqarosi qaysi millatga mansubligidan qat’i nazar qonun oldida teng deb e’lon qilindi. Millatidan qat’i nazar har bir fuqaro qalbiga, ongiga yagona Vatan g‘oyasi singdirila boshlandi.
O‘zbek tiligadavlat tili maqomi berilgan bo‘lsa-da, boshqa tillar ham kamsitilgani yo‘q. Chunonchi, Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida о‘qitish o‘zbek tilidan tashqari yana 6 tilda olib borilmoqda (qoraqalpoq, rus, tojik, turkman, qozoq vaqirg‘iztillarida). Darsliklar ham 7 tilda nashr qilinmoqda.
Barcha millat va elatlaming tillari, urf-odatlari va an’analari qonun bilan himoya qilinmoqda. Ulaming rivojlanishi uchun barcha sharoitlaryaratib berilgan.
Boshqa millat vakillariga milliy chtiyojlarini erkin qondirishlaii uchun о‘z milliy- madaniy markazlarini tuzishgaruxsat berilgan. Millatlararo totuvlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar O‘zbekiston xalqining birligi, jipsligi vaosoyish- taligini ta’minlashga xizmat qildi. Bu esa 0‘zbekistonning bebaho boyligidir.
Diniy bag‘rikenglik. Har bir davlat hayotining osoyishta kechishi, fuqarolari- ning tinch-totuv yashashi diniy bag‘ri- kenglikning nechog‘likmustahkamqaror topganligiga ham bog‘liqdir. Diniy bag‘rikenglik - Vatani bir, biroq diniy e’tiqodlari har xil bo'lgan faqarolaming bir-birlarining diniy e’tiqodini hurmat qilib yashashlaridir. Bir-birlariga toqatli bo'lishlaridir. Yagona ulug‘ maqsad yo'lida jipslashib hamkor va hamjihat bo'lib yashashlaridir.
Insoniyatning o‘tmish tarixi diniy qirg‘inlarga ham to‘la bo‘lgan. Chu- nonchi, Fransiyada birgina 1572-yilda yuz bergan diniy qirg‘inda bir ke- chaning o‘zida 30 ming kishi halok bo‘lgan.
Afsuski, dunyo hozir ham o‘zaro diniy qirg‘inlardan tola xoli bo‘lolga- nicha yo‘q.
O‘zbekiston hududida qadim- qadimdan turli dinlar yonma-yon yashagan. Ulargae’tiqod qiluvchilar о‘z diniy amallarini erkin adoetib kelishgan. Chunki o‘zbek xalqi azaldan bag‘ri keng xalq.
Bugungi kunda Respublikamizda 15 dan ortiq diniy e’tiqodga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ularning qonun oldida teng ekanliklari belgilab qo‘yilgan, o‘z faoliyat- larini amalga oshirish uchun sharoit yaratib berilgan.
Shu tariqa turli diniy e’tiqodlarga amal qiluvchi mamlakatimiz fuqarolari o‘rtasida diniy bag‘rikenglikyanada mustahkamlandi.
Ular bosh g'oyamizga asos bo‘lgan «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish» dek ulug‘vor vazifani ro'yobga chiqarish ishiga baholi qudrat hissa qo‘shmoqdalar

Download 4.89 Mb.

Share with your friends:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   156




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page