IV. Yangi mavzu bayoni: O`qituvchi tomonidan yangi mavzu ko`rgazmalikka asoslangan holda tushuntiriladi.
Afrikadagi qadimgi manzilgohlar. Odamzod bugungi aql-idrokva taraqqiyot darajasiga birdaniga erishgan emas. Bubir necha million yillik taraqqiyotning natijasidir.
Bir necha million yillik taraqqiyot davrida odam avstralopitek va zinjantrop, yava odami, sinantrop, farg'ona odami, neandertal va kramonon odamlari deb bir-biridan farqlanuvclii bosqichlarni bosib o'tgan.
Ular o'zlarining matonatli mehnatlari bilan hayot to'kinchiligiga intilganlar. Aynan mehnat tufayli odamzod o'zini saqlab qolgan. Uning bugungi qiyofadagi odamga aylanishiga sabab bo'lgan.
Arxeolog olimlar odamzodning eng qadimgi ajdodlari suyak qoldiqlarini dastlab Janubiy va Sharqiy Afrikadan topganlar. Bundan eng qadimgi odamlar Afrikada paydo bo'lgan ekan-da, degan xulosa chiqarilmasligi lozim. Antropolog olimlar odamlarning bosh suyagi qoldiqlaridan ularning tashqi qiyofalarini tiklaganlar. Bu odamlar yashagan manzilgohlardan eng sodda mehnat qurollari qoldiqlari ham topilgan.
Olimlar sodda bo'lsa-da dastlabki mehnat qurolini yasay olgan avstralopitek va zinjantrop odamini «ishbilarmon (uquvi bor) odam» deb ham ataganlar.
Avstralopitek odami Janubiy Afrikada, Zinjantrop odami esa Sharqiy Afrikadagi Zinji vodiysida yashab o'tgan.
«Ishbilarmon odam» dastlabki mehnat qurolini tosh (chaqmoqtosh)dan yasagan edi. Shuning uchun ham insoniyat tarixining boshi tosh asri (tosh davri) deb ataladi. Insoniyat tarixida tosh asri juda uzoq davom etgan.
Osiyodagi qadimgi manzilgohlar. Osiyoda qadimgi odamlarning manzilgohlari Indoneziya, Xitoy va Vatanimiz O'zbekiston Hudodl Olimlar suyak qoldiqlari Indoneziya hududidan topilgan insoniyatning zinjantropdan keyingi ajdodiga «yava odami»,-deb nom berishgan. Xitoy hududidan topilgan ajdodini esa sinantrop (Xitoy odami), Vatanimiz hududidan topilgan sinantropdan keyingi ajdodini esa farg'ona odami, deb atashgan. Ular bir-birlaridan tashqi qiyofasi, yaratgan mehnat qurollari, ularning sifati va mehnat malakalari bilan farq qilgan.
Sinantropning aql-farosati tabiiy olovdan foydalanishga ham yetgan. Ular yashin tufayli o'rmon yong'inlari kelib chiqqanda olovni saqlab qolishni o'ylab topganlar. Bu esa insoniyat erishgan eng katta yutuqlardan biri bo'lgan edi. Farg'ona odamining suyak qoldiqlari va ular yaratgan mehnat qurollari Farg'ona vodiysining Selung'ur g'oridan topilgan. Selung'urjuda ulkan g'or bo'lgan. Farg'ona odami bir tomoni o'tkirlashtirilgan tosh quroli va qo'l cho'qmoridan foydalangan.
Yevropadan topilgan qadimgi inson izlari. Davrlar o'tishibilan odamning tashqi qiyofasi, aql-idroki va mehnat quroli yasay olish malakasi tobora mukammallashib borgan.