Kramonon odam.
Chunonchi, Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilgan qadimgi ajdodlarimizning tashqi qiyofasi bugungi odam qiyofasigajuda yaqin bo'lgan. Olimlar yangi qiyofadagi odamga neandertal odami deb nom berganlar. Neandertallar miloddan awalgi 100-40 ming yilliklar oralig'ida yashashgan. Neandertallar yashagan davrda Yevropada iqlim sovub ketgan edi. Shuning uchun ham ularning aql-farosati hayvon terisidan kiyim o'rnida foydalanishga va go'shtni olovda pishirib yeyishga ham yetgan. Ular mehnat va ov qurollarini yanada takomillashtirganlar. O'zbekistonda neandertal qiyofali odam suyaklari qoldiqlari Surxondaryo viloyati hududidagi Teshiktosh g'oridan topilgan.
Teshiktoshdan, shuningdek, minglab tosh qurollar va hayvonlarning suyak qoldiqlari ham chiqqan.
Miloddan awalgi 40-12 ming yilliklar oralig'ida yashagan odam suyaklari Fransiyaning Kramonon g'oridan topilgan. Unga Kramonon odam nomi Kramonon odam. berilgan.
Kramonon odami tashqi qiyofasiga ko'ra bugungi qiyofadagi odam edi. Olimlar kramonon odamini «aql-idrokli odam», «ongli odam» deb ataganlar.
Kramonon odamlari urug'-urug' bo'lib yashagan lar. Endi odamlar g'orlardayashamaydigan bo'lganlar. Mehnat qurollari har jihatdan takomillashgan.
Neandertal odam. (Teshiktosh g'ori).
O'zbekistonda kramonon odamlari zamondoshlarining manzilgohlari Samarqanddagi Siyobcha soyi bo'yida, Toshkent viloyatining Ko'lbuloq (Angren) manzilida topilgan. Respublikamiz bo'yicha hammasi bo'lib o'ttizdan ortiq shunday manzilgohlar o'rganilgan.
Atama mazmunini bilib oling!
Antropolog - odamning paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlarini, tanasi tuzilishidagi o'zgarishlarni, shuningdek, bosh suyak qoldiqlaridan odamning tashqi qiyofasini tiklab o'rganuvchi olim.
Yava — Indoneziyadagi orol.
.
.. IV Yangi mavzuni Mustahkamlash.
Bunda “Bingo mashqi” dan foydalaniladi.
Kitob
|
Buyumlar
|
Xronologiya
|
Arxiv
|
Tarix
|
Iso payg`ambarning tug`ilishi
|
Tug`ilish
|
Arxeolog
|
miloddan avvalgi 776-yil
|
O’quvchilarga oldindan tayyorlangan kartochkalar tarqatiladi. Kartochkalarda raqamlar yozilgan bo’ladi. Mashq savollari:
1. Odamzodning eng qadimgi ajdodlari haqidagi ma'lumotlar qanday to'plangan?
2. Odamzodning eng qadimgi ajdodlari nomlarini aytib bering?
3. Odamzodning uzoq taraqqiyot bosqichining turli davrlarida yashagan ajdodlari bir-biridan qaysi jihatlari bilan farq qilgan?
4. Qanday omil odamzod ajdodlarining yashab qolishida va bugungi qiyofadagi odamga aylanishida hal qiluvchi rol o 'ynagan?
5. O'zbekiston hududida yashagan eng qadimgi ajdodlarimiz haqida nimalarni bilib oldingiz?
MUSTAQIL ISH
«Odamzodning eng qadimgi ajdodlari va ularning hayoti»
Share with your friends: |