THE NOUN. OTLAR. OTLARNING KO‘PLIK SONI
(THE PLURAL FORMS OF THE NOUNS)
Birlik sondagi otga -s (-yes) qo‘shimchasini qo‘shish orqali otlarning ko‘plik shakli yasaladi. sh, s, ss, tch, x kabi undosh harf va harf birikmalaridan tashqari boshqa undosh hamda unli xarflar -s qo‘shimchasi undosh, unli yoki o‘qilmaydigan «e» bilan tugagan otlar oxiriga qo‘shiladi.
a pen — pens , a map — maps, a tie — ties, a sofa — sofas, a toy- toys. a book-books
s, x, ss, sh, ch, tch kabi harf va harf birikmalaridan keyin -es qo‘shimchasi qo‘shiladi.
a dress-dresses, a box-boxes, a dish-dishes, a bench — benches, a match — matches.
-es qo‘shimchasi undosh + y va f, fe bilan tugagan otlarga qo‘shilganda y harfi i harfiga, f harfi v ga aylanadi. lady — ladies, knife — knives.
Ingliz tilida ayrim otlarning ko‘plik shakli yuqoridagi oidadan mustasnodir. Bu turdagi otlar o‘zagidagi unli o‘zgarishi bilan yoki ayrim qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan ko‘plikka aylanadi:
man (erkak) — men (erkaklar)
woman (ayol) — women (ayollar)
tooth (tish) — teeth (tishlar)
foot (oyoq) — feet (oyoqlar)
ox (ho‘kiz) — oxen (ho‘kizlar)
OTLARDA EGALIK (QARATQICH) KELISHIGI (s’ , s , of predlogi)
Egalik kelishigidagi otlar biror narsaga ega ekanlikni yoki munosabatdalikni anglatadi. Egalik kelishigi “s (apostrofli s) suffiksi yordamida yasaladi.
Naufar’s bag — Naufarning sumkasi
My brother’s son — akamning o‘g‘li
Ko‘plik sondagi ot egalik kelishigida kelsa, unda otning ko‘plik qo‘shimchasi -s (-es) dan so‘ng fakat (’) apostrof qo‘yiladi: student’s book — studentning kitobi, students’ book — studentlarning kitoblari
Of predlogi ot oldida ishlatilib, o‘zbek tiliga qaratqich kelishigi qo‘shimchasi orqali tarjima qilinadi. Bu predlog ’s funksiyasiga mos keladi. Of otdan oldin, ’s esa otdan keyin qo‘yiladi.
A map of Uzbekistan — Uzbekistan’s map.
A book of Karim — Karim’s book.
Share with your friends: |