1-ma’ruza. Mavzu



Download 58.13 Kb.
Page2/6
Date06.09.2023
Size58.13 Kb.
#61995
1   2   3   4   5   6
1-maruza
Vaqt omili. Chunki avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini ishlatish jarayonida boshlang‘ich parametrlarining o‘zgarishi baholanadi; Ob‘yektning texnik holatini, uning chiqish parametrlarini (sifat ko‘rsatkichlarini) saqlab qolish nuqtai nazaridan oldindan aytib beriladi (prognozlash). Ishonchlilik to‘g‘risidagi fan vaqt o‘tishi bilan ob‘yektlarning sifat ko‘rsatkichlari (aniqlik, quvvat, unumdorlik, resurs va h.k.) o‘zgarishining jarayonini o‘rganadi. Lekin ko‘rsatkichlarning ma‘lum darajaga yetishishi masalalarini o‘rganmaydi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ishonchlilik fani va tadqiqotlari buzilishlar fizikasini o‘rganish bilan bog‘liq (yeyilganlik, charchash, mustahkamligi, zanglash). Bunda mustahkamlik, yeyilganlik, issiqlikka chidamlilik va h.k.lar hisob – kitob usullari bilan ishlab chiqiladi va avtomatlashtirish vositalarining kerakli ishonchliligini ta‘minlaydigan texnologik jarayonlar qo‘llaniladi.
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarning ishonchliligi fanining nazariy asoslari quyidagilardan iborat: a) Ishonchlilik nazariyasining matematik usullari; b) Tabiiy fanlar tadqiqotlarining natijalari (ob‘yekt materiallari, avtomatikaning texnik vositalarining fizik – kimyoviy yemirilishi, eskirishi va xususiyatlarining o‘zgarishi; materiallarning mexanik yemirilishlari; materiallarning sirt qatlamlarida ro‘y beradigan o‘zgarishlar; materiallardagi kimyoviy yemirilish jarayonlari va h.k.). Bu fanlar materiallar qarshiligi, fizik – kimyoviy mexanika, asbobsozlik, metallar korroziyasi, polimerlarning eskirishi va h.k. tadqiqotlari natijalari ishonchlilik nuqtai nazari bo‘yicha “buzilishlar fizikasi” nomi bilan ataluvchi yo‘nalishni tashkil etadi. Buzilishlar fizikasi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari ekspluatatsiyasida material (qism) ning dastlabki xususiyatlarini yo‘qotadigan qaytarilmas jarayonlarni o‘rganadi. Bunday tadqiqotlarning asosiy xususiyati – hodisalarni vaqt davomida ko‘rilishidir. Buzilishlar fizikasining vaqt qonunlari ishonchlilikning asosiy vazifalarini yechishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Avtomatik boshqarish tizimlari ishchi jarayonlarini baholaydigan tenglama va bog‘lanishlar, dinamik yuklamalar, foydali ish koeffisienti, quvvat xarakteristikalari va boshqalar avtomatik tizimlarining dastlabki ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarini tahlil qilish va baholash uchun, ya‘ni ishonchlilikning asosiy vazifasini yechish uchun zarur. Ishonchlilik to‘g‘risidagi fan texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sifat parametrlari o‘zgarishi jarayonini ehtimollik usullari bilan o‘rganish bilan bir qatorda, eskirish va yemirilish jarayonlari qonunlari, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya jarayonlarini ham o‘rganadi (oxirgilari avtomatik tizimining ish qobiliyatini belgilaydi). Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarning ishonchliligi fanining vazifasi – talab qilingan ishonchlilik ko‘rsatkichlarini ta‘minlash sharti bilan mashina (element) ning hisob-kitob usulini berishdir.

Download 58.13 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page