1-ma’ruza. Mavzu



Download 58.13 Kb.
Page3/6
Date06.09.2023
Size58.13 Kb.
#61995
1   2   3   4   5   6
1-maruza
Fanning vazifalari: - ishonchlilik va ishlash qobiliyatini ta‘minlashni o‘rganish va bilish hamda avtomatlashtirishning texnik vositalari ishonchliligini baholash va tahlil qilish usullari va vositalarini egallash; - diagnostika qilish tizimi va avtomatlashtirishning texnik vositalarini ekspluatatsiya qilishdagi ishonchlilik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tassavvur hosil qilish; - avtomatlashtirishning texnik vositalari asosiy ekspluatatsion xarakteristikalarini tajribaviy aniqlash, hamda ekspluatatsiya sharoitida ma‘lumotlarni yig‘ish, ixchamlash va tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish. Hisoblarda mashina materiallari yemirilish jarayonlarining ehtimollik tabiati (xususiyati) hisobga olinishi shart. Shuning uchun ishonchlilik va avtomatik boshqarish tizimlari ish qobiliyatining pasayishini oldindan aytib berish masalalariga e‘tibor berish kerak. Bu xususda falsafa nuqtai nazaridan ikki savolga javob bermoq kerak: 1) Vaqt o‘tishi bilan avtomatik boshqarish tizimining dastlabki xarakteristikalarini yo‘qotishi majburiy jarayonmi? 2) Uslubiy nuqtai nazardan ishonchlilik muammosini qanday falsafiy tushuncha va qonunlar belgilaydi. Avtomatik boshqarish tizimlari atrof-muhit bilan, inson, ob‘yekt va h.k lar bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘ladi. Bunda har xil sababi-oqibat bog‘lanishlari yuzaga keladi. Avtomatik boshqarish tizimiga ta‘sir etuvchi omillar sonining ko‘payishi uning sifat ko‘rsatkichlarini tadrijiy (evolyutsion) o‘zgartiradi va dialektika qonunlariga asosan boshqa sifat holatiga olib keladi. Shuning uchun ekspluatatsiya jarayonida avtomatik boshqarish tizimida kechayotgan o‘zgarishlar hamma moddiy ob‘yektlarning eng muhim sifati harakatning qonuniy namoyon bo‘lishidir. CHunki tabiatda o‘zgarmaydigan hech narsa yo‘q. Noxush o‘zgarishlarni sekinlatish mumkin, lekin ularni butunlay yo‘q qilish mumkin emas. Shuning uchun quyidagilarni o‘rganish maqsadga muvofiq: - avtomatik boshqarish tizimiga yetkaziladigan zarar ta‘sirlar manbai va sabablarini; - avtomatik boshqarish tizimlarining ishlash qobiliyatini pasaytiruvchi jarayonlarning fizik mohiyatini; - avtomatik boshqarish tizimining har xil ta‘sirlarga qarshi reaksiyasini; - yuqorida keltirilgan omillar asosida kerakli vaqt davomida berilgan vazifalarni bajara oladigan tizimlar yaratishni. ABTning ishonchliligi uning asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biridir. Falsafa nuqtai nazaridan olib qaralganda sifat – bu ob‘yektning o‘ziga xosligi va boshqa ob‘yekt va hodisalardan farqini ifodalovchi belgilar majmuidir. Vaqt davomida sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishini o‘rganuvchi ishonchlilikni “sifat dinamikasi” deyish mumkin. Ishonchlilikning erishilgan darajasini baholash va uni oshirish zarurligi iqtisodiyot nuqtai nazaridan hal qilinishi kerak, chunki iqtisodiyot ishonchlilik masalalarini yechishda asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ishonchlilikning talab etilgan darajasiga erishish uchun har xil variantlarni taqqoslayotganda avtomatik vositalarini ishlab chiqarish va ekspluatatsiyasi sarfxarajatlarini hamda ulardan foydalanishda olinadigan samaradorlikni hisobga olgan holda eng ko‘p majmuiy iqtisodiy samara olish sharti bajarilishi kerak.

Download 58.13 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page