1-ma’ruza. Mavzu


Avtomatlashtirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi



Download 58.13 Kb.
Page6/6
Date06.09.2023
Size58.13 Kb.
#61995
1   2   3   4   5   6
1-maruza
4. Avtomatlashtirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi.
Avtomatlashtirish vositalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida iqtisodiy samaradorlikning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi ikkita omilga bog‘liq:
1. Yangi avtomatik boshqarish tizimiga ketgan sarf-xarajatlar (loyihalash, ishlab-chiqarish, sinash, sozlash, tekshirish, avtomatlashtirish va h.k) – Qu; va ekspluatatsiya sarf xarajatlari (TXK, T, profilaktika tadbirlari)- Qe . Qu + Qe - samaradorlik tarozisida manfiy son.
2. Avtomatik boshqarish tizimidan foydalanish (daromat) musbat iqtisodiy samaradorlikni beradi (Qr). Vaqt o‘tishi bilan Qe osha boshlaydi, chunki avtomatik boshqarish tizimi eskiradi va u yo‘qotgan ish qobiliyatini tiklash uchun sarf-xarajatlar ko‘payadi. Vaqt o‘tishi bilan Qr ning o‘sish sur‘ati kamayadi, chunki avtomatik boshqarish tizimining TXK va ta‘mirlashda turib qolishi uning unumdorligini kamaytiradi. Shuning uchun ham samaradorlik chizig‘i eng yuqori nuqtaga ega va ikki marta absissa o‘qini kesib o‘tadi.




Bu yerda: Ttq - sarf-xarajatlarni qoplash muddati. Shunda avtomatik boshqarish tizimini ishlab chiqishga ketgan xarajatlar qoplangan bo‘ladi. m=TmQ dan boshlab avtomatik boshqarish tizimi foyda keltirishni boshlaydi. Lekin olinadigan foydaning o‘sishi eksaluatatsiya xarajatlari m=Tox gacha bo‘lgan vaqtda kamayadi (Tox- avtomatik boshqarish tizimi ishlashining chegaraviy muddati).

1-rasm. Avtomatlashtirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi vaqt bо‟yicha o‟zgarishi:


Lt.q – avtomatik boshqarish tizimining tannarxini qoplash vaqti, soat;
Lox – avtomatik boshqarish tizimining oxirgi holatigacha ishlash muddati;
Lmax – eng yuqori samaradorlikka erishilgan vaqti, soat;
Le – avtomatik boshqarish tizimini ekspluatatsiya qilishda iqtisodiy maqbul vaqti, soat.
Bunda yana Qu+Qe=Qr holatiga ega bo‘lamiz. m>Tox bo‘lsa, ekspluatatsiya xarajatlari olinadigan foydadan katta. Avtomatik boshqarish tizimlarining iqtisodiy maqbul ekspluatatsiya qilish muddati - Te Tmax< Te Nazorat savollari
1. Ishonchlilik fani nimani o‘rgatadi?
2. Ishonchlilikni erishilgan darajasini birinchi navbatda qanday baholanadi?
3. Avtomatik boshqarish tizimlarining samaradorligi qanday aniqlanadi?
4. Avtomatlashtirish tizimlarini diagnostikasi va ishonchliligi fanining asosiy atama va tushunchalari?
5. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarning ishonchliligi fanining predmeti va vazifasi?
6. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarning ishonchliligi fanini o‘qitishdan maqsad?
7. Ishonchlilik muammolari?

Download 58.13 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page