Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi



Download 347.46 Kb.
Page4/62
Date15.02.2024
Size347.46 Kb.
#63511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
ШНК 2 08 02 09 ЖАМОАТ БИНОЛАРИ ВА ИНШООТЛАРИ (1)
ADABIYOTIGA MUNOSABATI
Reja:
1. Bolalar kitobxonligi tushunchasi haqida ma’lumot.
2. Bolalar adabiyotining umumadabiyotga aloqadorligi.
3. Bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari.
4. Bolalar kitobatchiligining o’ziga xosligi.
5. Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi.
6.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oidkitoblarning xususiyatlari
7. Kichik yoshdagi o’quvchilargamo’ljallangan asarlargaoid xususiyatlar.
8. O’smirlarga oid badiiy asarlarga qoyilgan talablar.
Bolalar kitobxonligi ifodasio’z ma’nosida umuman kitob o’qish hodisasini anglatsa-da, keng ma’noda necha ming yilliklar davomida aslida kattalar didi, hayotiy tajribasi, dunyoqarashiga mos holda yaratilib kelingan bo’lib, bolalarning ham o’qishi doirasida amal qilgan va yaxlit tizim tarzidagi ma’naviy-axloqiy hodisa darajasiga ko’tarilgan hammabop diniy, diniy-axloqiy, diniy-tarixiy, didaktik, badiiy, ilmiy, shuningdek, XX asr boshlaridan esa, professionallik kasb eta boshlagan o’zbek bolalar adabiyotiga doir asarlar silsilasini o’qish va o’qitishni anglatadi.
Bolalar kitobxonligida bolalar yoshi,saviyasini hisobga olish nisbiy mohiyatga ega. Maktab darsliklari, o’quv-didaktik xarakterdagi asarlar va bolalar adabiyoti namunalarigina bundan istisno bo’lib, ularda bolalar yosh xususiyatlari va saviyasining inobatga olinishi qat’iydir. Qolaversa, bolalar adabiyotida obrazli badiiy tafakkur amal qilsa, bolalar kitobxonligida mantiqiy tafakkur ustivorligi sezilarlidir. Zero, bolalar adabiyoti adabiy-estetik hodisa bo’lsa, kitobxonlik, jumladan, bolalar kitobxonligi undan farqli o’laroq ijtimoiy-estetik hodisa sanaladi. Bolalar kitobxonligi jamiyatning o’z bolalari haq-huquqlarini anglashi va ularni o’ziga voris sifatida tushuna borishi negizida yuzaga kelgan bo’lib, jamiyat uning vositasida yosh avlodni o’z hayotiy tajribalaridan chiqargan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-estetik va axloqiy saboqlari asosida tarbiyalashni ko’zlaydi. Yozma adabiyot paydo bo’lguniga qadar bu xalq didaktikasi- etnopedagogikashaklida1 harakatda bo’lgan. Biroq islomiy ehtiqodni qaror toptirish yo’lidagi izlanishlar davomida diniy-axloqiy yo’singa kira borgan va chinakam ehtiqodiy mohiyat kasb etib muqaddaslashgan. Shu sababli o’tmishda boshlanib, so’ngra undagi mazmun va g’oyalarni iymon asoslari darajasida anglash, qabul qilish va amaliy faoliyat mezoniga aylantirishga alohida e’tibor berishgan. O’tmishdagi o’zbek bolalar kitobxonligi mazmun-mundarijasi shu mantiq asosida shakllangan. Bunda Qur’oni karim va hadisi shariflar ta’siri belgilovchi rol oynagan. Jumladan, Qur’oni karimning 36-yosin surasining 69-oyatida shunday zikr qilinadi: «Va mo allamnoxushshihra va mo yanbagi laxu in juva illo zikrun va qur’onun mubin». Mazmuni: «Biz u kishiga (payg’ambarimizga) she’r o’rgatmadik va bu u zotga loyiq ham emas. Bu (ya’ni she’r) faqat Ollohning zikri va qur’oni mubin uchun xosdir»1 Bu oyatning qudrati shundaki, uning asosida butun islomiy olamda ollohning zikri va qur’on mavzulariga yaqqol va ramziy aloqasi bo’lmagan barcha badiiy va ilmiy asarlar inkor etiladi. Shu vajdan barcha islomiy mamlakatlarda istalgan turdagi asarning bosh g’oyasi qur’on yoki hadislardan olinmog’i shart qilib qoyilgandi. Shu zaylda din axloq va tarbiyaning asosiy vositasiga aylanib qoldi. Qur’oni karim oyatlarini va hadislarni badiiy sharhlash va talqin qilish ehtiyoji mumtoz adabiyot tarkibida didaktik mohiyatga ega diniy-axloqiy asarlar silsilasini yuzaga keltirdi. Bu, o’z navbatida, o’zbek mumtoz adabiyoti tarixida didaktik adabiyot nomi ostida alohida bosqich va yo’nalishni tashkil etadi
O’zbek bolalar kitobxonligi doirasidagi asarlarni vazifasiga ko’ra tubandagi ikki toifaga bo’lish mumkin:

Download 347.46 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page