Jahon xalqlari bolalar adabiyotlari, jumladan rus va qardosh xalqlar bolalar adabiyotlarining ilg’or tajribalarini o’rganish va ijodiy o’zlashtirish ham o’zbek bolalar adabiyotini yuzaga keltirish va rivojlantirishda samarali omil bo’ldi. Bu jarayon XIX asrning so’nggi choragida maktab-maorifsohasida sodirbo’la boshlagan siyosiy-ijtimoiyva ma’naviy-madaniy o’zgarishlar ta’sirida namoyon bo’la bordi, XX asr boshlarida esa hayotiy mazmun kasb etdi. Bunda milliy uyg’onish davrining ilg’or ziyolilari Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov Saidrasul Aziziy (1866-1936) Abdulla Avloniylar, ayniqsa, salmoqli natijalarga erishdilar. M. Behbudiyning «Risolai asbobi savod»(1914), «Risolai jo’g’rofiyai umroniy» (1905), Risolai jo’g’rofiyai Rusiy» (1905), Kitobat-ul atfol» (1908), «Amaliyoti islom» (1908), «Tarixi islom» (1909), Munavvarqorining «Adibi avval», «Adibi soniy», «Tavji-al qur’on», «Er yuzi» singari alifbo xrestomatiya va o’quv qo’llanmalari dunyoga keldi. Ayniqsa, S.M.Graminickiy (1859-1919) ning qo’llab-quvatlashi va uning tomonidan tuzilgan «Birinchi o’qish kitobi», «Ikkinchi o’qish kitobi»(1898), «Uchinchi o’qish kitobi»(1898) darsliklari ta’sirida bitilgan Saidrasul Aziziyning «Ustodi avval» (1902) otlig’ birinchi o’zbek alifbosi, Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim» (1908) va «Ikkinchi muallim» (1912), shuningdek, to’rt juzdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» singari darslik va qo’llanmalari katta e’tibor qozondilar,ularda keltirilgan she’r va nasriy lavhalar bolalarbopligi bilan ajralib turishidan tashqari aksariyati I.A. Krilov, A.S.Pushkin, L.N. Tolstoy va K.D. Ushinskiylarning bolalarga atalgan masallari, she’riy ertaklari va hikoyalari tarjimasidan iborat edi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. O’zbek bolalar adabiyotining paydo bo’lish omillarini bosqichma-bosqich tavsiflang?
2. Bolalar adabiyotining paydo bo’lishidagi ijtimoiy voqelikning roli deganda nimani tushunasiz?
3.Genezis , deganda-chi?