Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi


Bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari. B



Download 347.46 Kb.
Page6/62
Date15.02.2024
Size347.46 Kb.
#63511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
ШНК 2 08 02 09 ЖАМОАТ БИНОЛАРИ ВА ИНШООТЛАРИ (1)
Bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari. Bolalar uchun ham,kattalarga bo’lgani singari, inson va jamiyatga, tabiatga daxldor barcha mavzularda ijod etish mumkin. Bolalar va kattalar adabiyotlari o’rtasidagi bunday mushtaraklik zamirida ular orasidagi farqni oydinlashtiruvchi xususiyat ham mavjud. Bu farqli xususiyat mohiyatini A.A.Makarenko bolalar uchun yozayotganda nima haqda yozish emas, balki qanday qilib yozishning muhimligida deb ko’rsatgan edi. Aytaylik, kattalar turmushining murakkab qirralarini ifodalovchi asarlarni bolalar o’qishi man’ qilingani holda xuddi shunday mavzuda bolalarbop qilib yozilgan Q.Muhammadiyning «Qo’ng’izoy bilan Sichqonboy» she’riy adabiy ertagi tipidagi asarlarni bolalar o’qishiga tavsiya etiladi. Bunda muddao shundaki, bolalar adabiyoti ijtimoiy ong shakli sifatida bolalarning borliqqa qarashlarini, voqealarni baholashda esa, o’zlarigagina xosliklarini, demakki, navqiron avlodning borliqqa estetik munosabatlarini ifodalaydi.
Bolalar adabiyoti tarbiya quroli sifatida kichkintoylarga bilim berish vazifasini ham bajaradi, ularning qiziqishlari doirasini kengaytiradi. Garchi u «kattalar»-ijod ahli tomonidan bunyodga keltirilsa-da, bolalar olamini aynan-o’zligicha, faqat bolalargagina xos nuqtai nazardan badiiy tadqiq qiladi, aslida xuddi shu nuqtada ijodkor voqelikka o’z munosabatini bolalar didiga, nuqtai nazariga muvofiqlashtirib ifoda etadi, shu nuqtada kattalar va bolalar olamlari o’zaro kesishadi, kattalarning kuzatishlari, mushohadalari va baholari bolalarnikiga aylanadi, bolalarning voqelikka munosabatlari tusini oladi, bolalarcha in’ikos shaklida zuhur topadi. Bolalar adabiyotining bosh xususiyati ana shunda: narsa-hodisalarga bolalar ko’zi bilan qaray bilishida, ularni bolalarcha idrok eta bilishida, ularga bolalarcha munosabat ko’rsata olishida, ulardan bolalarcha hayratlana bilishida. A.P.Chexov masalaning shu tomonini teran anglab, «Uyda» hikoyasining qahramoni-prokuror Evgeniy Petrovich oylari tarzida o’z mulohazalarini shunday bayon etgan edi: «Buning (besh yashar o’g’li Seryoja nazarda tutilayotir-) miyasida fikrlar bor. Buning o’z dunyosi bor, qaysi narsa muhim, qaysisi muhim emas-buni o’zicha hal qiladi. Buning diqqatini va ongini jalb etish uchun bolalarga o’xshatib gapirish kifoya qilmaydi, ular kabi oylashni ham bilish kerak.» Bolalarni onalardan yaxshiroq tarbiyalaydigan odam yo’q, chunki ular bolalar his qilgan narsani his etadilar, ular bilan birga kuladilar, yig’laydilar.» Bunday ijodiy fazilat nafaqat bolalar adabiyotiga, balki uning bunyodkorlariga ham xos xususiyat bo’lib,har qanday yozuvchiga ham nasib qilavermaydi. Buni chuqur his etgani bois K.I.Chukovskiy «bolalar-bizning ustozimiz» degan edi. Chindan ham bolalarni ustoz darajasida anglamoq-bu, avvalo, ularga yuksak ehtirom ko’rgazmoq, ularning xarakterlarini, qiziqish va intilishlarini, kishilarga, narsa va hodisalarga munosabatlarini, quvonch va iztiroblarini sinchkovlik bilan o’rganmoq, ayni zamonda shu jarayonni bolalarcha his etish, idrok qilish asosida ular uslubiga muvofiqlashtirish badiiyat sintezidan o’tkazmoqdan iborat san’atkorlikdir. Rost, inson ulg’aygani sari o’z bolaligidan yiroqlashadi, bolalik tabiatidagi xos xususiyatlarni yo’qota boradi. Bu hammaga ayon haqiqatdir. Biroq bolalar yozuvchisi bundan mustasno, u inson sifatida har qancha ulg’aymasin, baribir, bolalik tabiatini saqlab qolmog’i, uni tobora teranlashtirmog’i, bolalarcha sinchkov va qiziqsinuvchi bo’lib, ular ko’ngliga yo’l topmog’i, ruhiy dunyosiga kira bilmog’i shart. Shundagina u chinakkam bolalar yozuvchisiga aylana oladi. V.G.Belinskiy «bolalar yozuvchisi bo’lib tug’ilmoq kerak», deganida xuddi shuni ko’zda tutgan edi. U yozadi: «Bolalar bilan obrazlar vositasida gapirmoq uchun ularni bilmoq kerak, o’zing bola bo’la olishing lozim, yomon ma’nodamas, balki to’g’ri ma’noda bolalarcha soddadil xarakter egasi sifatida qayta tug’ilmog’ing darkor» Bu o’zicha bir iste’doddir. Buning uchun faqat talantgina emas, balki yana o’ziga xos baho ham bo’lmoq talab qilinadi. Ehtimol, bolalarni seva bilish, ularning ehtiyojlarini, yosh xususiyatlarini va o’zliklarini chuqur, anglamoq-buning eng muhim shartlaridandir.» Ana shu shartlarga mukammal amal qiladigan ijodkorgina bolalarning haqiqiy sevimli yozuvchisi, shoiri va dramaturgi bo’la oladi. Aks holda bunday baxtdan benasib qolish hech gapmas.

Download 347.46 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page