Sut emizuvchilarning insonlar hayotida va tabiatdagi ahamiyati
II-BOB.2.2. 1-rasm
II-BOB.2.2. 2-rasm Xulosa Sutemizuvchilar insonlar hayotida muhim o‘rin tutadi.Hayvonlar o‘simliklarning tarqalishida ham o‘rni beqiyos hisoblanadi. Inson hayotidagi o'rni odam sut emizuvchilar va qushlarni 15 ming yil avval uylashtira boshladi. Ehtimol, birinchi uy hayvonlari it edi, keyin echki, qo'ylar va qoramollar uyga aylantirildi. Hayvonlarni xonakilashtirish o'troq hayotga olib keldi, odamlar chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullana boshladilar. Sut emizuvchilar (Mammalia), umurtqali hayvonlar sinfi. Trias oxirida yirtqich sudralib yuruvchilar — sinodontlardan kelib chiqqan. Sinodontlar bir guruhidan koʻp boʻrtiqlilar (qirilib ketgan), ikkinchisidan kloakalilar paydo boʻlgan. Koʻp boʻrtiqlilardan Yura davrida pantoteriyalar, ulardan esa hozirgi xaltalilar va yoʻldoshlilar vujudga kelganligi taxmin qilinadi. Sut emizuvchilarning tashqi koʻrinishi va oʻlchami har xil. Pakana oq tishlining (hasharotxoʻrlardan) uz. 4 sm, vazni 1,2 g kelsa, quruklikda yashovchi eng yirik hayvon — afrika filining balandligi 4,5 m, vazni 7,5 t ga yaqin. Hozirgi hayvonlar orasida eng yirigi koʻk kitning uz. 33 m, vazni 150 t. Sut emizuvchilar boʻyin umurtqalarining 7 ta boʻlishi, tishlarining har xil tuzilganligi, ular chuqurchalar (alveolalar)da joylashganligi, pastki jagʻi faqat tish suyaklaridan iboratligi, oʻrta qulogʻi boʻshligʻida 3 ta eshitish suyakchasining va soʻlagida kraxmalni parchalovchi ferment borligi bilan boshqa umurtqalilardan farq qiladi. Sut emizuvchilarning yumshoq labi ovqatni olish vazifasini bajaradi. Ichagi murakkab tuzilgan, baʼzi Sut emizuvchilar ning oshqozoni koʻp boʻlmali. Oʻpkasi alveolalardan iborat. Tana boʻshligʻining diafragma yordamida koʻkrak va qorin boʻshligʻiga boʻlinishi nafas olishini jadallashtiradi.
1.Sutemizuvchilar umurtqali hayvonlarning eng takomillashgan sinfidir. Umurtqali hayvonlarning boshqa sinflariga solishtirsak, sut emizuvchilarning nisbatan yuqori darajada rivojlanganini ko’rishimiz mumkin. Ularning turli muhit sharoitida yashashga moslashishi, xilma- xil tuzilishga ega ekanligi, kelib chiqishining uzoq davrlarga taqalishi shular jumlasidandir.
2.Sutemizuvchilar tuzilishiga e’tibor bersak, bir qancha o’ziga xos xususiyatlarni ko’rishimiz mumkin. Tanasining jun bilan qoplangani tashqi muhit noqulayliklaridan ximoya qiladi, sezgi organlarining kuchli rivojlanganligi ularga ov qilishda, xavfni sezishda,yaqinlarini tanishda asosiy omil hisoblanadi. Skeleti tuzilishi jihatidan ham faol harakatlanishga moslashgan, tishlarining tuzilishi kuchli ixtisoslashganligi oziqlanish turi bilan bog’liq. Yuksak darajada rivojlanganligi yer yuzida shiddat bilan tarqalishiga imkon berdi.
3.Sutemizuvchilar sinfi evolyutsion nuqtai nazaridan ancha avval paydo bo’lgan bo’lib, ularning bu darajada xilma-xil ko’rinishga ega ekanligi bundan dalolat beradi. Bu esa ularning rivojlanish bosqichida har xil sharoitga moslashishidan yuzaga keladi. Xususan morfologik nuqtai nazardan qaraganda, bu yurakning 4 kameraga bo’linishi, arterial va venoz qonning qo’shilishiga imkon bermaydigan o’ng aorta yoyi paydo bo’lishi, oziqni yutish vaqtida ham nafas olishga imkon beruvchi ikkilamchi tanglay hosil bo’lishi, termoregulyatsiya katta rol o’ynaydigan teri qoplamining murakkablashuvi va ikkilamchi miya gumbazi hosil bo’lishida ko’rinadi.
4.Umuman olganda inson hayotini sut emizuvchilarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Qadimdan insoniyat sut emizuvchilardan turli ehtiyojlari uchun foydalangan. Bir qancha turlarini xonakilashtirib, xo’jalik ishlarida foydalanib kelinmoqda. Sut emizuvchilar asosan sut, go’sht-yog’, mo’yna-teri, ishchi kuchi sifatida va boshqa maqsadlarda inson hayotida muhim rol o’ynaydi. Shu o’rinda ularni ko’paytirish, yangi zot yaratish va mahsuldorligini oshirish, kamyob turlarni muhofaza qilish, zararkunanda sut emizuvchilar sonini cheklash va shu kabi ishlar orqali ulardan oqilona foydalanish mumkin.
5. Tabiatni asrash va boyliklaridan tejamkorona foydalanish insoniyat oldidagi eng muhim muammolaridan biri. Qaysikim, tabiat ehson tuhfalarini ko’r- ko’rona sarflash va uning boyliklarini talon-talonj qilishga hech kimning haqqi yo’q.
Tabiat haqida qayğurish- insoniyat o’zi haqida qayğurishdir, chunki inson tabiatning farzandidir. Tabiat uchun etkazilgan zarar insonning o’ziga qaratilgan zarardir. Texnika va ilmiy taraqqiyotning rivojlanishi insonning tevarak atrofga bo’lgan ta'sirini kuchaytirdi, bu esa hayvon va o’simlik dunyosining qashshoqlanishiga olib keldi.Bizdan oldingi qadimgi avlodlarimiz flora va fauna dunyosini tarixiy va madaniy yodgorliklarni shafqatsizlarcha qirishgan, qaysikim, endi ular haqida biz faqatgina rasmlar, qo’lyozmalar, arxeologik topilmalar orqali bilamiz. Lekin bu bilan biz ularni qattiq qoralay ham olmaymiz, chunki ularning ongi- bilimlari yetarli darajada emas edi. Ammo bizning zamonamiz insonlarini kelajak avlod kechirmaydi-sababi, biz ixtisoslashgan, takomillashgan va mukammal insonlardirmiz.
6. Odamlarning hisobicha, oxirgi 300 yil ichida 120 tur sut emizuvchi hayvonlar yer yuzidan qirilib ketgan. Hayvonlarning kelajakda yana y qolib ketish xavfi b lmasiigi uchun 1966-yilda jamoatchilikning tashabbusi bilan Xalqaro "Qizilkitob" tashkil qilingan. Keyinchalik (1983-yilda) esa O’zbekiston "Qizil kitobi" chop etildi. O’zbekistonning yangi "Qizil kitobi" 2003-yilda chop etilgan bo’lib, unga sut emizuvchilarning 23 ta turi kiritilgan. Ular ichida ko’k sug'ur, tyanshon qo’ng'ir ayig'i, O’rta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, qoraquloq, qor qoploni, Buxoro bug'usi, jayron, morxo’r, yovoyi qo’ylar diqqatga sazovordir. Hayoti xavf ostida qolgan yoki soni kamayib borayotgan hayvonlarni himoya qilishning eng samarali tadbirlariga q riqxonalar va buyurtmaxonalar barpo qilish kiradi. Hozirgi vaqtda zbekistonda 6 ta tog'(Hisor, Zomin, Kitob, Nurota, Surxon, Chotqol), 3 ta cho’l —to’qay Qizilqum, Boday—To’qay, Zarafshon q riqxonalari va 2 ta milliy bog‘ (Zomin, Ugom —Chotqol) faoliyat yurgizmoqda. O’zbekistonga Amerika qit’asidan ondatra, nutriya va norka keltirilib iqlimlashtirilgan.