Li Kuan Yuning biografiyasi


Singapur “iqtisodiy mo‘’jizasi”ning muallifi Li Kuan Yuning tajribasi va o‘gitlari



Download 185.92 Kb.
Page3/4
Date13.03.2024
Size185.92 Kb.
#63836
1   2   3   4
Li Kuan Yu Singapur
Singapur “iqtisodiy mo‘’jizasi”ning muallifi Li Kuan Yuning tajribasi va o‘gitlari
2015 yilning 23 martida Singapurning birinchi bosh vaziri Li Kuan Yu 91 yoshida dunyodan o‘tgan edi. Li Kuan Yu 1959 yildan 1990 yilgacha Singapur davlatining bosh vaziri lavozimida ishladi. U Singapur “iqtisodiy mo‘’jizasi”ning muallifi sanaladi.
“Iqtisodiy mo‘jiza” fenomeni XX asrda dunyoning qator davlatlarida kuzatilgan. Bu fenomenni YAIM sur’atining tezlik bilan o‘sishi belgilaydi. Mazkur fenomenning o‘ziga xos xususiyati davlat tomonidan qator sohalarning izchil qo‘llab-quvvatlanishidir. Singapur misolida olsak, bu kichik davlatda yetakchi sohalar - kemasozlik, elektronika sanoati va neft qazib olish aynan shu davrda rivojlantirildi. Li Kuan Yuning boshqaruvi ostida Singapur butun dunyoda yuksak mavqega sazovor bo‘ldi.
Quyidagi o‘gitlarni Li Kuan Yuning fuqaroni 31 yillik boshqarish tajribasidan deb qabul qiling.
Menga bir necha martalab tuxumlar otishgan.
Men yutuq va inqirozlarni boshdan kechirdim. 35 yoshimdan boshlab faqat bu mamlakatni ishlashga qanday qilib undash haqida fikr yuritdim.
Men zo‘r huquqshunos bo‘lmoqchi edim. Britaniyaliklar boshqarayotgan mamlakatda huquqshunos bo‘lib yetishish uchun britan bo‘lishimga, Britaniya inglizchasini o‘rganishimga to‘g‘ri keldi; universitetlarda va eng yaxshi huquqshunoslik maktablarida tahsil oldim.
Agar singapurliklarni inglizcha o‘rganishga majburlasam, qarshilik ko‘rsatishgan bo‘lardi. Agar xitoy tilini o‘rganishga majburlasam ham ish pachavasi chiqardi. Ammo men inglizcha yoki o‘z ona tilini tanlash ixtiyorini har bir ota-onaga qoldirdim. Oradan o‘ttiz yil o‘tdi va ingliz tili Singapurda yetakchi tilga aylandi.
Hamma ingliz tilini o‘rganishi kerak, ona tili esa ikkinchi o‘rinda.
Gullab-yashnashni istasak, faqat o‘zimizgagina ishonishimiz lozim.
Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, ko‘z o‘ngimizdagi G‘arbdan o‘rnak olmaganimizda hech qachon olg‘a intilmasdik. Qoloq iqtisod va jamiyatligimizcha qolar edik. Ammo G‘arb andazasidan to‘la nusxa olmoqchi ham emasmiz.
Biz sosial davlatga xos bo‘lgan uslublardan foydalanmadik, chunki sosialistik baravarlashtirish natijasida ulug‘ Britaniya xalqi qanday qilib o‘rtamiyonalikka yuz tutganining guvohi bo‘ldik.
“Bir kishining bir ovozga ega” tizimini yagona to‘g‘ri yo‘l deb hisoblamayman. Shaxsan men qirqdan oshgan har bir oilali erkak ikki ovozga ega bo‘lsa, hammaga foyda, deyman. Chunki u ancha aql-idrok bilan bolalarini o‘ylab ovoz beradi. U o‘ttiz yashar yigitchaga qaraganda jiddiyroq saylovchi bo‘ladi.
Biz aholi juda zich joylashgan mamlakatdagi osmono‘par binolarda istiqomat qilamiz. Shuning uchun qo‘shnilarimizni hurmatlashga o‘rganishimiz lozim.
Bizning birorta tabiiy boyligimiz yo‘q, zaminning strategik ahamiyatli kichik bo‘lagida yashovchi odamlarimiz bor xolos.
Jazoning muqarrarligi korrupsiyani jilovlab turuvchi birinchi omildir. Ikkinchi omil – bozor darajasiga mos keluvchi maoshdir. Biz eng ko‘p maosh to‘lanadigan o‘n foiz kishilarning daromadiga diqqatimizni yo‘naltirganmiz. Modomiki, mansabdorlarimiz eng ko‘p haq olmas ekan, ularning hukumatga nima keragi bor?
O‘z do‘stlaringizdan uchtasini panjara ortiga o‘tqazishdan ishni boshlang. Nima uchunligini siz ham ular ham yaxshi bilasizlar.
Biz Playboyni 1960 yillardayoq taqiqlaganmiz, u vaqtlarda bu boshqa dunyo va boshqa mezonlar edi. Taqiq hozir ham amalda. Internet turganda Playboyni kim ham sotib olardi?
Singapurliklar o‘z yurtini Daniya yoki Yangi Zelandiya kabi risoladagidek davlat hisoblashi menga tinchlik bermaydi. Axir, biz o‘ta notinch mintaqada yashaymiz. Daniya yoki Shvesiyaga o‘rtamiyona hukumat bo‘laveradi, Singapurga esa yo‘q.
Birgalikda ishlash uchun o‘zaro bir-birini yoqtirish shart emas.
Men hech qachon qog‘ozda yozilgani bo‘yicha o‘qimayman, hamisha tinglovchining ko‘ziga razm solaman. Agar birorta fikrni idrok etmaganini payqasam, boshqacha usulda takrorlayman. Lenin ham boshqa ulug‘ notiqlar ham shunday qilgan bo‘lishi kerak. Ulug‘ notiq emasman, ammo o‘rganmoqdaman.
Yana yuz yildan so‘ng Singapur mavjudligicha qoladimi-yo‘qmi aytolmayman. Hammasi davomchilarimning faoliyatiga bog‘liq.
Singapurliklar nolish bo‘yicha chempionlardir.
Barcha dinlarni siyosatdan nari tutmoq darkor.
Rossiyada har yili tug‘ilayotganlardan vafot etayotganlar soni ko‘proq, chunki odamlarning kelajakka ishonchi yo‘q. Amerikaliklarni qarang, ular nekbindirlar, ammo turmushing og‘irlashsa, neft narxi oshishi bilan bir muddat yaxshilansa, kelajakka boshqacha ko‘z bilan qaraysan.
Kim ruslar buyuk millat sifatida e’tiborini yo‘qotdi, deb hisoblasa, ularning kosmos va atom sohasida ishlovchi olimlari, grossmeysterlari, olimpiada chempionlarini eslasin. Kommunistik tizimdan farqli ravishda ruslar tarix chiqindixonasidan joy oladigan odamlar emas.
Demokratiya masalasida amerikaliklar bilan o‘rtamizda bahs kechgan. Ular, “Qanaqasiga Singapur hukumati hech o‘zgarmasligi mumkin?”-deya so‘rashgan. Men ularga “Ammo barcha saylovlarda men yutib chiqaman”,-deb javob berganman. Ular, “sizlar o‘zgarishingiz shart, shundagina demokratiyaga erishasiz”, deyishgan. Men ularga “Demokratiya Amerikangizda bo‘laqolsin. Bizni tinch qo‘ying”,-dedim.
Freedom House va Amnesty International reytinglarida biz ro‘yxatning ostidamiz. Bizda o‘lim jazosi mavjud. Agar oliy jazoni qo‘llamaganimizda biz dunyo narkotik savdosining markazi bo‘lardik va jamiyatimiz bo‘ylab narkotika keng tarqalgan bo‘lardi.
Xitoydagi rejim boshqa ehtimoliy muqobil hukumatlardan ko‘ra barqarorroqdir. Keling, Tyananmen maydonidagi talabalar o‘z hukumatlarini tashkil etishganida nima bo‘lishini tasavvur qilaylik. O‘sha talabalar Fransiyaga va Amerikaga borib ham hanuz o‘zaro tortishishdan bo‘shamayotibdi. Ularning boshqaruvi ostida hozirgi Xitoy qanaqa bo‘lardi? Sovet Ittifoqidan ham battarroq bo‘lardi. Xitoy – ulkan mamlakat, uni kuchli markaziy hokimiyat boshqarishi kerak.
Kichik mamlakatlar orasidagi urush ularning o‘zini vayron qiladi. Katta mamlakatlar to‘qnashsa, butun dunyo bir necha martalab vayron bo‘ladi.
Men ko‘plab inqirozlarni boshdan o‘tkazdim. O‘nglanishimga nimadir ko‘mak bergan bo‘lishi kerak.
87 yoshga yetganingda o‘zingni juda baxtiyor seza boshlaysan. Tobora quvvatim ketayotganligini his qilyapman va yildan yilga o‘zgarib borayotganimni ko‘ryapman.
Deyarli har kuni meditasiya qilaman. Meditasiya vaqtida eng nozik ish fikrni maymun bananga intilgani singari chalg‘itmasdan idrokni jamlab turishdir.
Endi restoranlarga borolmayman, chunki shunchalik ko‘p odam men bilan ko‘rishishni xohlagani tufayli ovqatlanolmayman. Agar boradigan bo‘lsam, xilvat restoranga do‘stlarim bilan astagina sezdirmay kiraman.
Mening rafiqam ko‘p marta og‘ir betob bo‘ldi va ikki yildan beri karavotga mixlangan. U tildan qolgan, ammo hushi joyida. Har oqshom u bilan gaplashaman, u meni tushunadi. U uxlamasdan meni kutib yotadi. Unga kunni qanday o‘tkazganimni so‘zlab beraman. U yoqtirishini aytgan Shekspirning sonetlaridan, “Antalogiya va poeziya”dan asarlar o‘qib beraman. Ikki yilu to‘rt oy o‘tdi, bu mening umrimning bir bo‘lagiga aylandi.
O‘zimni yo‘qotib qo‘ymasligim kerak. Hayot davom etadi. Biz 61 yil umrguzaronlik qildik. Ertami-kechmi hammasi poyoniga yetadi. Qaysimiz birinchi ketamiz – bilmayman. Unga uzoqroq muddat birga bo‘lishimiz uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilishimni aytdim. U mening gapimni tushundi.
Xitoylarning yaxshi matali bor: “Tobutining ustidan mix qoqilgunicha odamni muhokama qilmang”. Hayotim so‘ngiga yetguncha bema’ni xatti-harakatlar qilishga ulguraman.
Hayotim davomida dahshatli ishlar qilishimga to‘g‘ri kelgan, odamlarni tergovsiz qamoqqa jo‘natganman.
Hamma qilgan ishlarim to‘g‘ri, deb aytolmayman, ammo barchasi ezgu maqsadda amalga oshirilgan.
Agar faoliyatimni susaytirsam va hordiq chiqarsam, o‘z holatimni tezda yo‘qotib qo‘yaman. Mening hayotim – kundalik chorlovlarga munosabatdir. Agar birdaniga undan voz kechib, golf o‘ynasam, roman o‘qisam hamda quyoshning botishini kuzatadigan bo‘lsam, darrov qartayib qolaman.
Arshi a’loda rafiqamni uchratamanmi-yo‘qmi gumon, ammo mehr-muhabbatimiz tufayli xokimiz bir joyda bo‘lishini istaymiz.
Hammasi bo‘lib o‘tganidan keyin anglaysan va dono bo‘lasan. Buni hayot deydilar.
Agar birinchi o‘rin uchun kurashmasang, o‘ninchi o‘ringa ham erisha olmaysan.



Download 185.92 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page