Li Kuan Yuning biografiyasi


Li Kuan Yuning hayot qonuni



Download 185.92 Kb.
Page4/4
Date13.03.2024
Size185.92 Kb.
#63836
1   2   3   4
Li Kuan Yu Singapur
Li Kuan Yuning hayot qonuni
Li Kuan Yu -(Siyosiy arbob, Singapurning birinchi bosh vaziri. 2015 yilning 23 mart kuni vafot etgan.)
Mayda davlatda bo‘ladigan urush faqatgina shu mamlakatni yo‘q qiladi, katta davlatlar o‘rtasidagi nifoq esa butun Yer yuzini yo‘q qiladi va faqat bir marta emas.
Menga ko‘p bora tuxum otishgan.
Men qoqilish va yiqilishlarga qaramay yashab qoldim. 35 yoshga to‘lgachgina bu mamlakatni qanday qilib ishlashga o‘rgatish mumkinligi haqida o‘ylab qoldim.
Men muvaffaqiyatga erishuvchi yurist bo‘lmoqchi edim. Britaniyaliklar boshqarayotgan mamlakatda yaxshi yurist bo‘lish uchun esa xuddi ularga o‘xshashim zarur edi. Men shunday qildim. Ingliz tilini o‘rgandim, universitet va eng yaxshi yuristlar makabida o‘qidim.
Agar men singapurliklarni majburlab ingliz tilini o‘qitishni istaganimda turli qarshiliklarga duch kelardim. Agar men xitoy tilini ana shunday majburlab o‘rganishni yo‘lga qo‘ysam, ana unda bari falokat bilan tugardi. Ammo men har bir ota-ona oldiga tanlov qo‘ydim: farzandiga istasa ingliz tilini o‘rgatsin, istasa ona tilini. Oradan o‘ttiz yil o‘tdi va Singapurda ingliz tili birinchi bo‘lib qoldi.
Barcha singapurliklar ingliz tilini o‘rganishi zarur, ammo ularning ona tili ikkinchi tillari bo‘lib qolmog‘i shart.
Agar biz muvaffaqiyat qozonishni istasak, avvalo, o‘z-o‘zimizga ishonch bo‘lishi kerak.
Ochiqchasiga gaplashamiz: agar ko‘z oldimizda G‘arb misol bo‘la olmaganda edi, biz bir qadam ham oldinga siljimas edik. Biz orqada qolgan iqtisod va orqada qolgan jamiyatga ega bo‘lardik xolos. Ammo biz G‘arbdan to‘liq nusxa ko‘chirmadik.
Biz o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy davlat metodlaridan qochdik. Chunki buyuk britan xalqi ijtimoiy tenglik tufayli o‘rtahol bo‘lib qolganini ko‘rdik.
“Bir odam - bir ovoz” tizimining yagona imkoniyat ekanligiga ishonmayman. Shaxsan men ishonamanki, qirq yoshlar atrofidagi kishi ikkita ovozga ega bo‘lsa, barchasi yanada yaxshi bo‘ladi. Chunki u o‘ttiz yashar yigitdan farqli ravishda nafaqat o‘zi, balki farzandlari kelajagini ham o‘ylab ovoz beradi.
Biz zich joylashgan osmono‘par binolarda yashaymiz. Shu bois qo‘shnilarimizni hurmat qila bilmog‘imiz zarur.
Bizning tabiiy boyliklarimiz yo‘q, ammo bizda Yer yuzining strategik muhim joyida yashovchi odamlarimiz bor.
Jazoning muqarrarligi - korrupsiyani to‘xtatishning birinchi omilidir. Ikkinchi omil - bozor darajasiga javob beruvchi maosh. Biz yuqori maosh oluvchilardan o‘n foiz daromad olish haqida o‘ylaymiz. Agar amaldorlar yuqori maosh oluvchilar sirasiga kirmasa, unda ulardan hukumatga nima foyda?
Biz 60-yillarda Playboy’ni taqiqladik, u hozir ham taqiqda. Ammo internet turganida, kim ham Playboy sotib olardi.
Singapurliklarning Singapurni Daniya yoki Yangi Zelandiyaga o‘xshash davlat, deb o‘ylashlari meni bezovta qiladi. Axir biz notinch hududda joylashganmiz-ku. Daniya va Shvetsiya o‘rtacha davlatlardir, Singapur esa yo‘q.

Birga ishlash uchun bir-birini yaxshi ko‘rish shart emas.


Men yozilgan narsalarni hech qachon o‘qimayman. Men doim eshitayotgan odamimning ko‘zlariga qarayman. Agar u nimanidir tushunmay qolsa, uni boshqacha usulda tushuntiraman. Dunyodagi ko‘plab buyuk notiqlar shunday qilishgan. Men notiq emasman, ammo men o‘rganaman.
Yana yuz yildan keyin Singapurning mavjud bo‘lishiga ishonchim komil emas. Xammasi mendan keyin keladiganlarga taalluqli.
Singapurliklar shikoyat qilish bo‘yicha chempionlardir.
Barcha dinlar siyosatdan chetda bo‘lishlari kerak.
Ruslar har yili tug‘ilishga qaraganda, ko‘proq o‘lishadi. Chunki insonlarda kelajakka nisbatan ishonch yo‘q. Mana, amerikaliklar, hayotga optimistik ruhiyatda qarashadi. Agar hayoting og‘irlashsa va qisqa vaqt ichida neft narxi ko‘tarilsa, u yanada yaxshilanadi. Kelajakka qarash yaxshi tomonga o‘zgaradi.
Kimki ruslar buyuk millat sifatida tugagan millat deb o‘ylayotgan bo‘lsa, unda ularning olimlari, kosmik va atom sohasida qilgan ishlari, grossmeysterlari, olimpiya chempionlarini yodga olsin. Ruslar tarix axlatiga tashlab yuboriladigan odamlar emas.
Men demokratiya borasida amerikaliklar bilan judayam ko‘p tortishganman. Ular aytishadi: agar Singapur hukumati o‘zgarmasa, demokratiyani amalga oshirib bo‘ladimi? Men javob beraman: “Men shunchaki barcha saylovlarda g‘alaba qozonaman”. Ular aytishadi: “Sizlarda demokratiya bo‘lishi uchun, albatta, o‘zgarishingiz kerak. Men aytaman: “Mayli, shunaqasi sizlarning Amerikalaringda bo‘la qolsin. Va bizlarni o‘z holimizga qo‘ying”.
Freedom House va Amnesty International ro‘yxati bo‘yicha biz quyi o‘rindamiz. Bizda o‘lim jazosi bor emish. Agar bizda ana shunday oliy jazo bo‘lmasa, unda savdo markaziga aylangan mamlakatimiz, narkotiklar savdosi aylanadigan markazga aylanib qolmaydimi? Buning ustiga jamiyatmiz hayoti ham rasvo bo‘lardi.
Xitoy rejimi boshqa bir muqobil hukumatlar rejimiga qaraganda mustahkamroq. Tasavvur qilib ko‘ramiz, Tyananmen maydonidagi talabalar o‘z muqobil hukumatlarini shakllantirishdi. Keyin xuddi o‘sha talabalar Fransiya va Amerikaga ketib, hozirgacha bir-birlari bilan tortishib yurishibdi. Agar zamonaviy Xitoy ularning qo‘l ostida bo‘lsa, nima bo‘lardi? Sobiq ittifoqning taqdiri qaytalanardi. Xitoy markaziy hokimiyat zarur bo‘lgan ulkan mamlakatdir.
Men o‘z boshimdan inqirozlarni juda ko‘p o‘tkazganman. Har safar meni oyoqqa turg‘izadigan nimadir bo‘lgan.
Agar yoshing 87 da bo‘lsa, o‘zingni juda ham baxtli his qilavermaysan. Doimiy ravishda quvvatimni sarf etayotganimni his qilib turaman. Har yili o‘tgan yilgiga qaraganda qarib qolganimni bilib turaman.
Men restoranlarga boshqa bora olmayman. Chunki odamlar men bilan ko‘rishish maqsadida, qo‘llarimni shunchalik ko‘p siqishadiki, ularni taomga olib borishga menda imkoniyat qolmaydi. Agar restoranlarga boradigan bo‘lsam, shunda ham jim-jit burchagi borlariga boraman. Ana o‘sha yerda do‘stlarim bilan maza qilib taom tanovul qilaman.
Men har kuni mulohaza yuritaman. Mulohaza yuritishdagi eng qiyin narsa xuddi maymun bananlar ortidan chopgandek, fikrlar ortidan quvishdir.
Rafiqam hayotdan bir necha marta zarba olgan va mana ikki yildirki to‘shakka mixlanib yotibdi. U gapirmaydi, biroq o‘z hushida. U men gapirganimda tushunadi, men har kech shu ishni qilaman. U meni uxlamasdan kutib o‘tiradi. Unga kunim qanday o‘tganini gapirib beraman. “She’riyat antologiyasi” qachonlardir o‘zi sevib mutolaa qilgan Shekspir sonatalarini o‘qib beraman. Ikki yilu to‘rt oydan beri shu ahvol - bu hayotimning bir qismiga aylanib qolgan.
O‘zimga xotirjamlikni qo‘ldan boy berishga yo‘l qo‘ymayman. Hayot davom etadi. Bizda 61 baxtli yil bo‘lgan. Ammo ertami kech bularning bari o‘z nihoyasiga yetadi. Men kim birinchi omonatini topshirishini oldindan bilmayman: u-mi menmi? Men unga uzoq va baxtli yashashi uchun qo‘limdan keladigan barcha ishlarni qilishga va’da berdim. U meni tushundi.
Xitoyda ajoyib maqol bor: “Qabrining qobqog‘ini mixlamaguningizcha, biror-bir kishini muhokama qilmang”. Shu bois men ham to vafotimga qadar bir qancha aqlsizliklar qilishim mumkin.
Hayotimda bir necha bor dahshatli ishlar qilishimga to‘g‘ri kelgan. Masalan, odamlarni isbotsiz qamoqqa tashlash kabi.
Men qilgan barcha ishlarim to‘g‘ri, deb hisoblamayman. Ammo ularning bari yuqori maqsadlar sari qilinganini bemalol ayta olaman.
Tezligimni pasaytirib, hordiq chiqaradigan bo‘lsam, darrov o‘z holatimni yo‘qotishimni tushunaman. Mening butun bir hayotim chaqiriqlarga bo‘lgan javobimdan tashkil topgan. Agar men unga javob bermay, golf o‘ynasam, sayr qilsam, ufq botishini tomosha qilsam, roman o‘qisam, darrov keksayib qolaman.
Rafiqam bilan osmondami yoki shunga o‘xshash joylarda uchrashishimiz dargumon. Shu bois sentimental hissiyotlar-la, umrimiz birga yakuniga yetishini istaymiz.
Sen barchasi o‘tib ketgandagina o‘rganasan va dono bo‘lasan. Bu hayot.
Agar sen birinchi o‘rin uchun kurashmasang, unda o‘ntalikka ham kira olmaysan.
Bekzod Islomov tayyorladi
Download 185.92 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page