Mavzu. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti va bilish uslublari



Download 175.5 Kb.
Page10/14
Date25.01.2024
Size175.5 Kb.
#63338
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Reja Iqtisodiyot tushunchasi va turlari. Ehtiyojlarning-fayllar.org
ta\'limning universial dizayni, My summer holiday
Induksiya va deduksiya biriga qarama-qarshi bo„lgan, ammo o„zaro bog„liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi.
Iqtisodiy jararyonlarni o„rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo„l qo„yilib, yanglish tasavvurga va noto„g„ri xulosalarga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng o„zlashtirish va qo„llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi bo„lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o„zgaruvchi miqdorlar o„rtasidagi bog„liqlikni ko„rgazmali qilib tasvirlaydi.

Talaba bilimini nazorat qilish hamda mustahkamlashga oid savol va topshiriqlar

    1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima?


    2. Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiylari hisoblanadi?


    3. Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilishningqanday yo„llari mavjud?


    4. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o„rin tutadi?


    5. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab va yo„nalishlar vujudga kelgan?


    6. Markaziy Osiyoda iqtisodiy qarashlarning rivojlanishida qaysi mutafakkirlarningo„rni bor?


    7. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanish jarayonida qanday g„oyaviy oqimlar vujudga kelgan?





Testlar



  1. Iqtisodiyot nazariyasi qachon fan sifatida shakllana boshlagan?
  1. kishilik jamiyati vujudga kelgandan boshlab;


  2. XVII–XVIII asrlar orasida;


  3. XIX asrda;


  4. A.Smitning «Xalqlar boyligi...» kitobi chop etilishi bilan;


  5. o„rta asrlarda.



  1. Download 175.5 Kb.

    Share with your friends:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page