Ta’limning universal dizayni nima? Inklyuziv ta'limga o'tish shartlari



Download 22.46 Kb.
Page1/3
Date01.04.2024
Size22.46 Kb.
#63968
  1   2   3
ta\'limning universial dizayni
Reja Iqtisodiyot tushunchasi va turlari. Ehtiyojlarning-fayllar.org

Ta’limning universal dizayni nima? Inklyuziv ta'limga o'tish shartlari
Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar ta'limini qo'llab-quvvatlash maqsadida ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq taʼlim tizimida inklyuziv taʼlim, yaʼni umumtaʼlim maktablarida sogʻlom va imkoniyati cheklangan bolalarning birgalikdagi taʼlimi taʼminlansa xalqaro inson huquqlari meʼyorlariga mos boʻladi.
O'zbekistonda inklyuziv ta'limga bosqichma-bosqich o'tishga tayyorgarlik ko'rish maqsadida UNICEF ekspertlari ishtirokida taʼlimning universal dizaynini yaratish, uning asosiy tamoyillarini tushuntirish, TUD – taʼlimning universal dizaynini differensial taʼlimdan farqlay olish maqsadida fanlar kesimida seminar-treninglar oʻtkazildi.
Xoʻsh, taʼlimning universal dizayni oʻzi nima? UNICEF bu haqida qanday yangi maʼlumotlar berdi?
TUD – har xil oʻquvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan, barcha oʻquvchilarga moslashuvchan yondashuvlar, taʼlimdan kutilayotgan natijalar va ularga erishish vositalarini farqlash orqali taʼlim olish uchun teng imkoniyatlarini beradigan, puxta oʻylangan oʻquv tizimi
TUD faqatgina "o'rtacha" yoki "qoloq" o'quvchilar uchun emas, har bir o'quvchi uchun mo'ljallangan. Maqsadli va rejalashtirilgan. O'quvchilar orasida xilma-xillilik kutiladigan va avvaldan unga tayyorgarlik ko'riladigan, o'quv dasturlari yoki darslarni tuzishda ularning ehtiyojlari hisobga olinadigan ta'lim shaklidir.
Bu faoliyat quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oʻquvchi, Natijalar, Faoliyat, Baholash.


Oʻquvchilar:
Bu bosqichda oʻqituvchi oʻquvchilar mavzu haqida nimalarni bilishlari kerakligini aniqlashi;
Oʻquvchilarning motivatsiyasi, rivojlanishi, kognitiv va jismoniy qobiliyatlari toʻgʻrisida xabardor boʻlishlari kerak.
Natijalar:
Dars oxirida oʻquvchilar qanday bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi kerakligini aniq belgilash;
Kutilayotgan natijalarni: bilim, koʻnikmalarni ifodalovchi oddiy va aniq harakat feʼllarini qoʻllash;
Oʻlchanadigan taʼlimiy natijalarini qayd etish zarur.
Faoliyat:
Barcha oʻquvchilarga tanlash imkoniyatini beradigan tadbirlarni ishlab chiqish;
Barcha oʻquvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun bolaga yoʻnaltirilgan taʼlimdan foydalanish kerak.
Baholash:
Baholashning alternativ usullarini koʻrib chiqish;
Oʻquvchilar oʻrganganlarini turli yoʻllar bilan ifoda etib berganlarida ularni ragʻbatlantirish;
Ular oʻzlari uchun qulay boʻlgan va tushunganlarini yaxshiroq ifoda etishlariga imkon beruvchi muhitni yaratish shart.

Inklyuziv ta'limga o'tishdan oldin yuqorida sanab o'tilgan bosqichlarning barchasini puxta tashkillashtirish, o'qituvchilar uchun qo'llanmalar yaratish hamda ularni tayyorlash kerak bo'ladi.





Download 22.46 Kb.

Share with your friends:
  1   2   3




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page