Mavzu: Respublikamizda o’zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo’yicha qilinayotgan ishlar



Download 15.67 Kb.
Page2/4
Date30.11.2022
Size15.67 Kb.
#60049
1   2   3   4
Abdukarimova Dildora 2 mustaqil ish




Tashqaridan qaraganda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchilarni ko‘pchilik texnika odami deb o‘ylaydi. Tan olish kerakki, men ham ozgina bo‘lsa-da, shunday fikrda edim, biroq adashganligimni ular bilan ishlab ko‘rgandan keyingina bildim. Ular tomonidan tayyorlangan nafaqat ichki, balki muhim qaror, farmon va farmoyishlar loyihalarini ko‘rib, bu hujjatlarni biror “tilchi” tayyorlagan degan xulosa qilish ham mumkin edi.





Ish jarayonida muloqotga kirishar ekanmiz, bir necha marta tortishgan paytlarimiz ham bo‘ldi. Aksariyat hujjatlar davlat tilida tayyorlanishi bilan birga boshqa, xususan, rus tilidagi xatlar, ish rejalar ham yo‘q emasdi. Ana shularni o‘zbek-davlat tilida tayyorlash zarur degan fikrni ilgari surishim natijasida kimlargadir yoqmaganligim ham rost. Rus tilida ishlash oson bo‘lganlar uchun bir ishni ikki marta qilish kimga ham yoqardi, deysiz. Ana shunda o‘z ona tilini hurmat qiladiganlar tomonidan amalda keng qo‘llanib kelinayotgan usulni taklif qildim. Ya’ni biz ham o‘z tilimizning hurmatini joyiga qo‘ygan va boshqa tillarni kamsitmagan holda har qanday hujjatni, ayniqsa, xatlarning imzolangan nusxasini davlat tilida tayyorlash va zarur bo‘lsa, boshqa tildagi tarjimasini ilova qilishga kelishib oldik. Menimcha, ishimiz ancha osonlashgandek bo‘ldi, hamkasblar ham bunga ko‘ndi.





2020 yil 10 aprel kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunning imzolanganini, unga ko‘ra, 21 oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilanganini eshitgan, internet saytlari orqali o‘qigan bo‘lsam ham hamkasblarga indamadim. Chunki bugun axborot texnologiyalari rivojlangan paytda bunday imkoniyat hammada bor. Xullas, bu yangilikni eshitgan, o‘qigan borki, kelib, xuddi mening tug‘ilganim yoki menga tegishli biror sanadek meni tabriklay boshladi. Men bo‘lsam, “Ana endi ham biror hujjatni boshqa tilda tayyorlab ko‘ringlar-chi...” deya yolg‘ondan po‘pisa qilgan bo‘ldim. Aslini olganda esa xursandchiligimning cheki yo‘q edi. Ko‘nglim tog‘dek ko‘tarilgandi. Chunki hamma davlatlarda ham ona tili alohida bayram sifatida nishonlanmaydi. Biz ana shunday davlatlardan biriga aylangandik.


Masalan, 1999 yil 17 noyabr kuni YuNESKO tomonidan 21 fevral Xalqaro ona tili kuni deb e’lon qilingan. Va bu sana 2000 yildan buyon til va madaniy xilma-xillikni hamda ko‘ptillilikni rivojlantirish maqsadida keng nishonlanib keladi. O‘z navbatida BMT Bosh Assambleyasi 2008 yilni Xalqaro tillar yili deb e’lon qilgan.


Download 15.67 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page