Bu sananing e’lon qilinishiga 1952 yil 21 fevral kuni Dakkada (Bangladesh poytaxti) sodir bo‘lgan voqea sabab bo‘lgan. Shu kuni namoyishga chiqqan talabalar o‘z ona tili – bengal tilini mamlakatning davlat tillaridan biri sifatida tan olishlarini so‘ragan va politsiya tomonidan uzilgan o‘qlardan bir necha talaba halok ham bo‘lgan.
Bundan tashqari 14 marta Estoniyada (1996), 20 mart Fransiyada (2010), 9 aprel Finlandiyada (1980), 20 aprel Xitoyda (2010), 23 aprel Angliya va Ispaniyada (2010), 15 may Osetiyada (2003), 6 iyun Rossiyada (2011), 1 avgust Ozarbayjonda (2001), 31 avgust Moldaviyada (1989), 20 sentyabr Qozog‘istonda (1998), 23 sentyabr Qirg‘izistonda (1989), 9 oktyabr Janubiy Koreyada (1945), 9 noyabr Ukrainada (1997) til bayrami sifatida nishonlanadi.
YuNESKO ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda har ikki haftada bitta til yo‘qolib ketmoqda. Ularnig yo‘qolishi esa butun boshli madaniy va intellektual merosning ham yo‘qolishiga olib kelmoqda.
Ona tilllarining tarqalishini keng targ‘ib qilish faqatgina tillar xilma-xilligi va ko‘p tilda ta’lim olish yoki jahon tillari va madaniy an’analar bilan yaqindan tanishish bilan chegaralanib qolmaydi, balki ular o‘zaro tushunishga asoslangan birdamlikni kuchaytiradi.
Bugun bizda ham chet tillarini o‘rganishga ham zarur shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga o‘z ona tilini chuqur bilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zga millat tilini hurmat qilish esa tamomila boshqa masala. Chunki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili ekanligi belgilab qo‘yilgan bo‘lsa ham O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
Share with your friends: |