Mavzu: sanoatda zamonaviy boshqaruv tizimi


Boshqarishning asosiy tamoyillari va usullari



Download 22.15 Kb.
Page2/4
Date03.10.2023
Size22.15 Kb.
#62240
1   2   3   4
13 тармок иктисоди-------
2. Boshqarishning asosiy tamoyillari va usullari
Boshqaruv tamoyillari deganda, rahbarlik qilishning fundamental qoidalari tushuniladi. Ular iqtisodiy qonunlar harakati va boshqarish usullari bilan bog‘liq bo‘lgan voqeliklarning mohiyatini aks ettiradi.
Boshqarish mexanizmini quyidagicha ta’riflash mumkin:
qonunlar - tamoyillar - usullar - uslublar
Ushbu mexanizmning eng muhim elementi Qonun hisobla­nadi. SHu sababli u to‘g‘risida ikki og‘iz so‘z aytish kerak bo‘ladi. Qonun - bu, obyektiv borliqda turli hodisalar o‘rtasida kishi ongidan va ixtiyoridan tashqari, hamma mavjud bo‘lgan zaruriy bog‘lanish, munosabatdir. Masalan, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot qonunlari: talab va taklif qonuni, qiymat qonuni va boshqalar.
Qonun - bu davlat hokimiyati tomonidan qabul qilingan, hamma uchun, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishida mehnat qilayotganlar uchun ham majburiy bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy me’yor va munosabatlarni belgilovchi rasmiy hujjat. Masalan, Konstitutsiya - O‘zbekiston davlatinint asosiy qonunidir.
Tamoyillarni boshqaruv fani nazariyasi va amaliyotning poydevori deyish mumkin. Ma’lumki, poydevor qancha mukammal va mustahkam bo‘lsa, boshqaruv apparati shunchalik qudratli bo‘ladi.
Boshqaruv tamoyillarining shakllanishi chuqur tarixiy ildizga ega. Xususan, O‘zbekistonda bu tamoyillar Amir Temur hukmronligi davrida shakllana va rivojlana boshlagan. Buyuk Sohibqiron davlati o‘zi­ning ixcham, tezkor boshqarish devoniga ega bo‘lib, yakkaxonlik, ierar­xiya (bo‘ysunish tartibi), bilimdonlik, ilmiy, javobgarlik, demokra­tiya kabi tamoyillar asosida boshqarilgan.

Ushbu tamoyillar O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holda izchillik bilan shakllantirib va rivojlantirib borishni, unga asta-sekin, bosqichma-bosqich, aholining zaif qatlamlarini himoya qila borib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy barqarorlikni ta’minlash orqali bo­zor munosabatlariga o‘tishni bildiradi. Ayni vaqtda ular kengash, hamjihatlik, maslahat bilan ish yuritishni, shijoat va tavakallchilik bilan harakat qilishni talab etadi. Bu borada sohibqiron Amir Temurning quyidagi so‘zlarini keltirish o‘rinlidir. «Tajribamdan ko‘rilganki, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’i tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir. CHunki tajribali bir kishi ming kishiga ish buyuradi»2.





Download 22.15 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page