Mavzu: sanoatda zamonaviy boshqaruv tizimi


Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi



Download 22.15 Kb.
Page3/4
Date03.10.2023
Size22.15 Kb.
#62240
1   2   3   4
13 тармок иктисоди-------
3. Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi
Xo‘jalikka rahbarlikning tamoyillari va usullari ish­lab chiqarish jarayonida insonlarga boshqaruvning tegishli shakllari va boshqaruv idoralari hamda ularning tashkiliy tuzilmalari orqali ta’sir etadi.
Mamlakat iqtisodiyoti va uning tarmoqlarini rivojlantirishning muhim masalalari davlat iqtisodiy siyosatini belgilaydigan va hayotga tatbiq etadigan oliy idoralar (Prezident devoni, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi) tomonidan qarab chiqiladi.
Sanoatni rivojlantirishning qonun bilan hal etiladigan masalalari (masalan, iqtisodiy va ijtimoiy taraqkiyotning istiqboli va yillik rejalari, sanoat boshqaruvining yangi idoralarini tashkil etish) mamlakat davlat hokimiyati oliy idorasi - Oliy Majlis Senati tomonidan muhokama qilinadi va hal etiladi.
Iqtisodiyotga va uning asosiy tarmoqlaridan biri sanalgan sanoatga kundalik rahbarlikni davlat hokimiyatining ijro etuvchi va boshqaruvchi oliy idorasi - Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Vazir­lar Mahkamasining tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Pre­zidenti tuzadi va u Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, shu jumladan, sa­noatning samarali faoliyatiga rahbarlikni, sanoat ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan barcha konunlar, O‘zbekiston Respub­likasi Prezidentining farmonlari, qarorlar va farmoyishlar ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq O‘­bekiston Respublikasi hududidagi barcha idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan karorlar va farmoiyshlar chiqaradi.
O‘zbekiston sanoati tasarrufida o‘nlab mustaqil tarmoqlar, ming-minglab korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ularning har birini rivojlantirish, bir-birlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish, respublika hududlarida joylashtirish, mahsulot (ish bajarish va xizmat ko‘rsatish)ga bo‘lgan talabni aniqlash va boshqa juda murakkab, keng qamrovli masalalarni o‘z vaqtida, oqilona hal etish tarmoq boshqaruvini amalga oshirishni taqozo etadi. SHu sababli bir qator tarmoq idoralari tashkil etiladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- vazirliklar va davlat qo‘mitalari;
- kontsernlar va korporatsiyalar, uyushma va assotsiatsiyalar;
- xolding va milliy kompaniyalar;
- korxonalar va boshqalar.
Vazirliklar Vazirlar Mahkamasining ajralmas qismi hisoblanib, ular O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘zlariga bo‘ysunuvchi barcha korxonalar va tashkilotlarga rahbarlik qiladilar. SHu sababli vazirlik - bu o‘ziga tegishli tarmoqning xo‘jalik tizimida boshqarishning eng oliy bo‘g‘inidir. U quyidagi faoliyatlar uchun javobgar hisoblanadi:
- tarmoqning ahvoli, uni yanada taraqqiy ettirish;
- kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tarbiyalash va himoyalash;
-ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajmi, sifati va uning raqobatbardoshligi;
- tayyorlanayotgan mahsulotga bo‘lgan ichki va tashqi talabni qondirish;
- va nihoyat, o‘ziga qarashli korxonalarning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini tashkil etish va kuchaytirish.
Vazirliklar tomonidan amalga oshirilayotgan boshqaruv mexanizmining shaklini “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi misolida ko‘rish mumkin (4-chizma).
Sanoatga rahbarlik tizimida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi alohida o‘rin egallaydi. CHunki u iqtisodiyotni boshqarishning eng yirik ilmiy rejali-iqtisodiy idorasi hisoblanadi. Bu tashkilotning tuzilishi to‘g‘risida 2020 yilning 26 martida O‘zbekiston Respublikasi Prezi­dentining farmoni qabul qilingan. Bu farmonga muvofiq ushbu vazirlik zimmasiga mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi hamda kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, quyidagi g‘oyat muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan chuqur o‘ylangan va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni o‘tkazish yuklatilgan:
- makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtsodiyotning barqaror, mutanosib va jadal sur’at bilan rivojlanishni ta’minlash;
- ko‘p ukladli va samarali faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkchilikning yetakchilik rolini ta’minlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
- boy tabiiy va mineral-xom ashyo zahiralaridan, bunyod etilgan ishlab chiqarish va fan-texnika salohiyatidan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan aniq maqsad yo‘lidagi strukturaviy siyosatni amalga oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish hamda mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga keng miqyosida integratsiyalashuvini ta’minlash;- yangi ish joylarini yaratish, mehnat resurslarini oqilona band etish muammosini hal qilish, aholining aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, aholining turmish darajasi barqaror, jadal o‘sishini, ijtimoiy infratuzulmani rivojlantirishni ta’minlash;
- mamlakat mintaqalari iqtisodiyotining kompleks rivojlanishini, ishlab chiqaruvchi kuchlarni mamlakat hududi bo‘yicha maqbul hamda samarali rivojlantirish va joylashtirishni ta’minlash.
Sanoat ishlab chiqarishining moliyaviy masalalarini hal etishda Moliya vazirligining tutgan o‘rni ham alohida ahamiyatga ega. Sanoat va uning tarmoqlariga qarashli sohalarda mehnatni tashkil etish, ishchi kuchini taqsimlash va ularni ijtimoiy himoya qilish borasida mehnat aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi hal qiluvchi o‘rin egallaydi.


Download 22.15 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page