4. Boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
Sanoat ishlab chiqarishiga oqilona rahbarlik qilish mamlakat real sektor tarmoqlarining yanada taraqqiy etishiga va mustahkamlanishiga har doim katta ta’sir ko‘rsatib keldi va kelgusida ham yetarli ta’sir ko‘rsatadi.
SHuning uchun ham sanoatni boshqarish masalalari doimo Respublika Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining diqqat e’tiborida bo‘ladi. Natijada, sanoatni boshqarish tizimi milliy iqtisodiyot va sanoat oldida turgan vazifalarga bog‘liq ravishda muttasil o‘zgarib turadi.
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng boshqaruv tizimida juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Iqtisodiyotga rahbarlikning ilmiy asoslari, ishlab chiqarishni boshqarishning tamoyillari va usullari ishlab chiqildi, boshqaruvning yani tuzilmalari, funktsiyalari, huquqlari va burchlari aniqlandi. Lekin, hali xo‘jalikka rahbarlik qilish, ishlab chiqarishni boshqarishni yanada yaxshilash borasida o‘z yechimini kutayotgan muammolar kam emas. SHuning uchun kelgusida sanoat ishlab chiqarishiga rahbarlik qilishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Bularning eng muhimlari quyidagilardan iborat:
1. Bozor iqtisodiyoti qoidalari va demokratik tamoyillarga asoslangan boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish ;
2. Boshqaruvni amalga oshirish jarayonida iqtisodiyotni mafkuradan to‘la xoli qilish, iqtisodning siyosatdan ustuvorligini to‘la ta’minlash;
3. Xo‘jalikka rahbarlik qilishda davlatning bosh islohotchi bo‘lishiga to‘la-tekis erishish. Bozor munosabatlariga o‘tish chuqurlasha borgan sari davlatning boshqaruv tizimidagi mavqe’ini nodavlat tashkilotlari va o‘z-o‘zini boshqarish tizimlariga o‘tkaza borish;
4. Boshqaruv jarayonlarining mustahkam huquqiy asoslarga qurilishini ta’minlash. Qonunlarning barcha boshqaruv sub’ektlari va obyektlari tomonidan og‘ishmay bajarilishiga erishish;
5. Bozor islohotlari bosqichma-bosqich va izchil ravishda amalga oshirilishini inobatga olgan holda boshqaruv tizimini ham bosqichma-bosqich takomillashtirib borishni ta’minlash.
Markazdan turib rahbarlik qilishda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi kerak:
- inson omilini maksimal darajada faollashtirish, jamiyatning intellektual salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarish, samarali va sifatli mehnat qilish uchun sharoit va unga undovchi motivlarni yaratish;
- aholining ish bilan samarali va oqilona band bo‘lishini ta’minlash va ijtimoiy adolat tamoyilini izchil amalga oshirish asosida mamlakat aholisining turmush darajasini yanada yuksaltirish;
- eng yangi, avvalo ilm-fan va innovatsiyalar asosida taraqqiy etadigan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni jadallik bilan rivojlantirish;
- mamlakat ishlab chiqarish apparatini texnika va texnologiya jihatidan doimo yangilab turish, undan oqilona foydalanishni to‘la ta’minlaydigan struktura va investitsiya siyosatini yuritish;
Share with your friends: |