**** Kategoriyali
Nomerning jihozlanishi: barcha nomerlar uchun shahar telefoni, barcha nomerlarda yuvinish xonasi, ko’p xonali nomelarda qo’shimcha xojatxonalar, yuvinish xonasida shampun, gel, losyon, ustara pribori, vanna tuzi, banniy xalat (har bir mijozga), nomer uchun seyf, barcha chiroqlar uchun masofadan turib o’chirib-yoqish tizimi, harorat o’lchagich, masofadan turib boshqariladigan televizorlar va asosiy dunyo kanallar dasturi, har bir nomerda mini barlar, budilnik (taymer), gilamlar yoki xona polini qoplovchi gilamlar, yumshoq mebel hamda jurnal stoli, qimmatli yog’och mebeli, har bir xonada oyna, katta hajmli krovat, ***kategoriyali mehmonxonalardan farqli har bir nomer eshigida qarash tirqichi.
Ovqatlanish: restoran yoki kafening mavjudligi, variantdagi xohlagan taomlarning yetkazib berilishining mavjudligi (nonushta, ikki martalik, uch martalik ovqatlanish), 7-24 soat nomerda xizmat. Bundan tashqari barning mavjudligi. Hech bo’lmasa kafe yoki barning xohlagan paytda ishlashi, restoran: bir necha zallar, alohida xonachalar, banket zali, konferens zali ham bo’lishi mumkin.
Xizmatlar: uchrashuvlarning tashkil etilishi hamda o’tkazilishi (aeroportda, vokzalda va h.k.), shveysar, 24 soat administrator xizmati, avtomashinalar ijarasi, 24 soat albatta bajaglarning yetkazib berilishi. Nomerlarning har kuni va mijozlarning xohishiga binoan tozalanishi. Kun davomiyligida nomerning ahvolini nazorat qilish, kir yuvish (12 soat ichida) va dazmollash (1 soat ichida), xatlarni yuborish yoki yetkazib berilishi, xohlagan transport vositasi biletlarining bron qilinishi, ekskursiyalar, gid-tarjimonlar, gazeta-jurnallar, biznes markaz xizmatlari, mashinkada yozish, hujjatlar nusxalarini olish, kotibiyat xizmatlari, stenografista, tarjimonlar (sinxronista), texnik avtomashinalar xizmati, tibbiy yordam hamda nomerga doktorlarni chaqirish.
Umumiy foydalanish joylari: foydalanish uchun biznes markaz komputerlarining ta’minlanib berilishi (mustaqil ravishda yoki xizmat ko’rsatuvchi personal ishtirokida), electron jihozlar tizimi, nusxa ko’chirish texnikasi, muzokara-konferensiyalar xonasi, do’konlar va tijorat do’konchalari, go’zallik salonlari (kosmetika xonasi, manikyur, pedikyur), trenajer yoki sport zallari, saunalar.
Share with your friends: |