Milliy mehmonxonalar klassifikatsiyasi va mehmonxonalarga qo’yilgan talablar



Download 44.5 Kb.
Page4/4
Date09.12.2023
Size44.5 Kb.
#62882
1   2   3   4
Milliy mehmonxonalar klassifikatsiyasi va mehmonxonalarga qo
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org, 15792 2 E5E83A14BB149FCF2DDA77AB8177FE89BEFFFB6E, CHANNEL @podcast365
***** Kategoriyali


Nomerning jihozlanishi: barcha nomerlar uchun shahar telefoni, barcha nomerlarda yuvinish xonasi, ko’p xonali nomelarda qo’shimcha xojatxonalar, yuvinish xonasida shampun, gel, losyon, ustara pribori, vanna tuzi, banniy xalat (har bir mijozga), nomer uchun seyf, barcha chiroqlar uchun masofadan turib o’chirib-yoqish tizimi, harorat o’lchagich, masofadan turib boshqariladigan televizorlar va asosiy dunyo kanallar dasturi, har bir nomerda mini barlar, budilnik (taymer), gilamlar yoki xona polini qoplovchi gilamlar, yumshoq mebel hamda jurnal stoli, qimmatli yog’och mebeli, har bir xonada oyna, katta hajmli krovat, ***kategoriyali mehmonxonalardan farqli har bir nomer eshigida qarash tirqichi. Bundan tashqari soch quritish fenlari, yuvinish xonalarining pollarini isitish, katta maydon, nomerning xavfsizligi uchun qo’riqlash signalizatsiyasi yoki electron nazorat jihozlari, yuvinish xonasida telefon apparati, vanna shippaklari (har bir mijoz uchun).


Ovqatlanish: restoran yoki kafening mavjudligi, variantdagi xohlagan taomlarning yetkazib berilishining mavjudligi (nonushta, ikki martalik, uch martalik ovqatlanish), 7-24 soat nomerda xizmat. Bundan tashqari barning mavjudligi. Hech bo’lmasa kafe yoki barning xohlagan paytda ishlashi, restoran: bir necha zallar, alohida xonachalar, banket zali, konferens zali ham bo’lishi mumkin, 24 soat davomida nomerlar uchun xizmat hamda nonushtaning 11.00 dan oldin tugatilmasligi.


Xizmatlar: uchrashuvlarning tashkil etilishi hamda o’tkazilishi (aeroportda, vokzalda va h.k.), shveysar, 24 soat administrator xizmati, avtomashinalar ijarasi, 24 soat albatta bajaglarning yetkazib berilishi. Nomerlarning har kuni va mijozlarning xohishiga binoan tozalanishi. Kun davomiyligida nomerning ahvolini nazorat qilish, kir yuvish (12 soat ichida) va dazmollash (1 soat ichida), xatlarni yuborish yoki yetkazib berilishi, xohlagan transport vositasi biletlarining bron qilinishi, ekskursiyalar, gid-tarjimonlar, gazeta-jurnallar, biznes markaz xizmatlari, mashinkada yozish, hujjatlar nusxalarini olish, kotibiyat xizmatlari, stenografista, tarjimonlar (sinxronista), texnik avtomashinalar xizmati, tibbiy yordam hamda nomerga doktorlarni chaqirish. Parkovka (mehmonxona personali uchun), mijozning avtomashinasini garajdan to binogacha yetkazib berilishi.


Umumiy foydalanish joylari: foydalanish uchun biznes markaz komputerlarining ta’minlanib berilishi (mustaqil ravishda yoki xizmat ko’rsatuvchi personal ishtirokida), electron jihozlar tizimi, nusxa ko’chirish texnikasi, muzokara-konferensiyalar xonasi, do’konlar va tijorat do’konchalari, go’zallik salonlari (kosmetika xonasi, manikyur, pedikyur), trenajer yoki sport zallari, saunalar, suzish basseyni, tungi klublar.
Download 44.5 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page