AMALIY MASHG’ULOTLAR
1-amaliy mashg`ulot
Mavzu: “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi ” fanini o`quv fani sifatida o`qitishning maqsad va vazifalari.
REJA:
1.O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti. 2. O‘zbek tilining sohalarda o‘rganilishiga bo‘lgan ehtiyoj.
3.O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Tayanch so‘zlar: ta’rifi, atama va termin, tarixiylik, atamalar shakllanishining xalq tarixi bilan bog’liqligi, “Devonu lug’otit-turk”, sohaviylik, tor doira, jamiyat taraqqiyoti, atamalar va dunyo tillari, boyish yo’llari, o’zlashtirish, milliylashtirish, jadidlar, “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinadigan keyingi o’zgarishlar, dubletlar, paralellar, o’rin egallash, xalqaro atamalar, vaqt sinovi, vaziyat, so’z valentligi va atama yasalishi, me’yor. Kasb-hunar atamalari,gilamchilik, kashtachilik, to’qimachilik, me’morchilik leksikasi, sohaviy me’yorlashgan atamalar, determinatsiya.
Mavzuning qisqacha bayoni
Ushbu fan talabalarni mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga oid masalalar, Davlat tili haqidagi hujjatlar va ularning mazmun mohiyati; o‘zbek adabiy tili me’yorlari, oʻzbek-lotin alifbosining imlo qoidalari, sohaviy leksika va uning xususiyatlari, o‘zbek tilida soha terminlarining qo‘llanilishi, nutq uslublari, sohalarda rasmiy-idoraviy ish hujjatlarining yuritilishi, ularning turlari; mutaxassis nutqining kommunikativ sifatlari hamda ilmiy tadqiqot olib borish masalalari bo‘yicha zaruriy bilimlar bilan qurollantiradi.
Ushbu fan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmoni hamda 2020 yil yil 20.10 dagi PF-6084-sonli “ 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi”, 2021 yil 10.02dagi 61-sonli ” Lotin yozuviga asoslangan o ‘zbek alifbosiga bosqicnma-bosqich to‘liq o‘tishni taminlash chora-tadbirlari to‘grisida“gi qarorlarda belgilangan vazifalarini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Share with your friends: |