«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Download 1.87 Mb.
Page291/371
Date15.05.2023
Size1.87 Mb.
#61343
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Gapirmoq so‘zi ifodalagan ma'noni yana qanday so‘zlar bilan ifodalash mumkin. Har birini gap ichida keltiring.
2-topshiriq. Yuz, bet so‘zlarining ma'nosiga teng keladigan yana qanday so‘zlarni bilasiz? Ular bir-biridan nimasi bilan farqlanishini ayting.


Bir umumiy ma'noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so‘zlarga ma'nodosh so‘zlar deyiladi.


Ma'nodosh so‘zlar bir ma'noni xilma-xil so‘zlar orqali turli nozik ma'no qirralari bilan ifodalashda, so‘z sehrini namoyish etishda, nutqni bezashda, ta'sirchanligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega.


505-mashq. Mashqni o‘qing. Bir umumiy ma'noni ifodalovchi so‘zlarni toping. Ularning ma'nosini izohlang.
1. Yuzi nam, yaltiroq o‘tloqning betida yuk mashinalarining behisob izlari ko‘rinib turardi. 2. Uning quvnoq chehrasi suv betida qizga yanada yoqimli ko‘rindi. (I. Rahim) 3. Basharasiga tushgan qamchi zarbidan yerga yiqildi. (Mirmuhsin)
506-mashq. So‘zlarning ma'nodoshlarini toping va ko‘chirib yozing.
Bahs, sovg‘a, tanqis, g‘alaba, gunoh, hadya, ayb, munozara, pinhon, tortiq, kamchil, jinoyat, tortishuv, armug‘on, taqchil, zafar, tuhfa, maxfiy.

Download 1.87 Mb.

Share with your friends:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   371




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page