Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Darsning jihozi: buyruq gapning ramziy chizmasi.
VI. Dars turi:_________________________________________
VII. Dars usuli:_______________________________________
VIII.Darsning borishi
IX.Darsning rejasi
1. Buyruq gap haqida ma'lumot.
2. Buyruq gap kesimining ifodalanishi va tinish belgisi.
3. Buyruq gapni hosil qiluvchi vositalar.
Kirish topshirig'ini bajarish, grammatik qoidalarni o’zlashtirish asnosida buyruq gap kesimining ifodalanishiga alohida e'tibor qaratish lozim. Qo’shimchasiz shakli in bilan shartli belgilanadi. Quyidagi gaplar havola qilinadi.
1.0'zlashtirgan bilimlarni takrorlab tur.
2.Kitobingni menga berib turgin. -gin
3. Unga ayt, darsga vaqtida kelsin. -sin
4. Yo’l harakati qoidalariga rioya etingiz. -ingiz
Har bir gapning kesimi uning ma'nosi bilan aloqadorlikda tekshiriladi, sharhlanadi. Dars davomida mashqlarni ishlash jarayonida yuqoridagi gaplar qolipini aks ettiruvchi ramziy chizrna o’quvchilar ko’z oldida turishi kerak.
1.___________ =============
2. ------------------- =============
3. ------------------- =============
4. ------------------- =============
Mashqlardagi matn, har bir gap tahlilida buyruq gapni hosil qiluvchi vosita ko’rsatilishi, ramziy chizmadagi qaysi gap qolipiga tushishini aytish barobarida shu gap yoki matn ifodalayotgan ma'no ham izohlanishi lozim. Ayniqsa, buyruq gap shaklidagi nasihat mazmunini ifodalovchi hadis, maqol va hikmallar mazmuni o’zlashtirilganda, o’qituvchi tomonidan «Nega shunday?», «Nima muhim?», «Nega shunday qilish kerak?» qabilidagi savollar doimiy ravishda o’rtaga tashlanib turiladi. Bu o’z-o’zidan darsda bahs-munozara, tortishuv, suhbat shaklining tabiiy ravishda yuzaga kelishiga sababchi bo’ladi.
Share with your friends: |