«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Download 1.87 Mb.
Page96/371
Date15.05.2023
Size1.87 Mb.
#61343
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Darsning jihozi: kirish so’zli gaplar bo’yicha ramziy chizmalar.
VI. Dars turi:_________________________________________
VII. Dars usuli:_______________________________________
VIII.Darsning borishi
IX.Darsning rejasi:
1. Kirish so’z haqida ma'lumot.
2. Gapda kirish so’zning ifodalanishi.
Kirish so’zlarni tushunish va his qilish uchun o’quvchilarga quyidagi gaplar havola qilinadi.
Ertaga Farrux keladi.
Ehtimol, ertaga Farrux keladi.
Albatta, ertaga Farrux keladi.
Afsuski, ertaga Farrux keladi.
Bu gaplar orasidagi ma'noviy farq o’quvchilar bilan birga tekshiriladi. Birinchi gapda Farruxning ertaga kelishi haqidagi xabar darak gap shaklida berilmoqda. Ikkinchi gapda ana shu xabarga gumon munosabati ifodalangan, uchinchi gapda esa ishonch, to’rtinchi gapda afsuslanish munosabatlari bildirilgan. Birinchi gapda hech qanday munosabat yo’q.
Demak, ehtimol, albatta, afsuski so’zlari ushbu gaplarda kirish so’z bo’lib kelmoqda. Bundan tashqari Ollohga shukur, shubhasiz, xullas, menimcha, masalan, balki so’zlari ham kirish so’z bo’lib, so’zlovchining o’z fikriga bo’lgan turli munosabatlarini ifodalashini aytib o’tish kerak.
Kirish so’zlar bo’yicha grammatik qoidalarni darslikdagi mashqlardan tashqari quyidagicha og'zaki topshiriqlar bilan ham mustahkamlash mumkin:
1. Ertaga qishloqqa ketishingiz haqida gumon ma'nosidagi kirish so’zli gap tuzing.
2. Bugun kelolmasligingizdan afsuslanishni ifodalang.
3. lshni tamomladingiz, xursandligingizni bildiring.
4. Do’stlaringiz kelishiga qat'iy ishonchingizni bayon eting.

Download 1.87 Mb.

Share with your friends:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   371




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page