“O’zbek tilining sohada qo’llanilishi” fanining maqsad va vazifa-fayllar.org 827841
O’zbek tilini har sohada keng miqyosda, nafaqat hujjat ishlarida ,balki, rostmana jamiyatning, sohaning har bir tarmog’ida o’ziga munosib tarzda ishlatilishiga qo’llanilishiga ko’plab asosli sabablar mavjud. Ahyon-ahyonda desak noto’g’ri bo’lar-u, lekin keng ko’lamda biz hukumat mansabdor doiralarining, korxona rahbarlarining , mutasaddi vakillarning, jamiyatga va ma’lum doiradagi insonlarga yo’lboshchilarning o’zinining ona tilisida xatolar qilib yozishini, so’zlarida noo’zbekona so’zlardan foydalanishlarini ko’rish bu kishini tashvishga solayotgani bor gap. Ular yo’lboshchi, rahbar bo’la turib ona tilimizdagi bilim va ko’nikmalari talab darajasida emasligi shubhasiz insonni o’yga toldiradi. Xo’sh, bu holatni bartaraf qilish maqsadida ham, o’zbek tilini bilish darajasini yetarli miqdorga olib chiqishimiz lozim. Ko’p hollarda hali-xanuz bir qancha farmonlarning rus tilida yuritilishi bu maqsadga mo’nelik qiladigan eng kata sabablardan biri edi ,ammo, bu ham o’z yechimini topdi. Qonunlar va hujjatlarning, davlar byurokratik ishlarining hammasi o’z tilimizda yuritilishi haqidagi qonun bu nuammoga barham berdi. Albatta, bu tilizmizni rivojlantirish haqidagi qonunlar hech qachon yurtimizda yashovchi o’zga millat tillariga aslo taziyq o’tkazmaydi, halaqit bermaydi.