O’zbek tilining tarixi O’zbek tilining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi bu tilda so’zlashuvchilarnining yuzaga kelish tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Biz o’zbek tilining rivojlanish tarixini to’rt bosqichga bo’lib o’rganishimiz mumkin: qadimgi turkiy, eski turkey, eski o’zbek va hozirgi o’zbek tili davrlari
Qadimgi turkiy til bosqichi.
Miloddan avvalgi davrlardan toki X asrlargacha bo’lgan til qadimgi turkiy til deb ataladi. O’rxun-Enasoy yodgorliklari shu tilda yatailgan.
Eski turkiy til bosqichi.
XI-XIX asrlarda amalda bo’lgan til eski turkiy deb ataladi. Yusuf Xos Hjibning “Qutadg’u bilig” asari ham shu tilda yaratilgan.
Eski o’zbek tili bosqichi.
XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo’llangan til eski o’zbek tili deb nomlanadi. Atoyi, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Muqumiy, Furqat, zavqiy va boshqa ko’plab ijodkorlarning ko’plab asarlari shu tilda yaratilgan
Yangi o’zbek tili bosqichi.
XIX asrning ikkinchiyarmidan hozira qadar iste’molda bo’lgan til hozirgi o’zbek tli deb ataladi. “ Turkiston viloyati gazeti “ nashr qilina boshlagan vaqt 1870-yildan to shu kungacha bo’lgan davrlardagi asarlar hozirgi o’zbekadabiy tilining namunalari hisoblanadi