O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Gaz sanoatini rivojlanish tarixi



Download 1.42 Mb.
Page2/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
Gaz sanoatini rivojlanish tarixi
Reja
1.1.Gaz sanoatining rivojlanishi tarixi
1.2.O‘zbekistonda gaz uyumlarining joylashuvi
1.3.Suyuq uglevodorodlar va tabiiy gaz qazib olish holati
1.4.Xalq xo‘jaligida gazdan foydalanish


Adabiyotlar(1,3,5,7,8)


1.1.Gaz sanoatining rivojlanishi tarixi
Bizga tarixdan ma'lumki, tabiiy gaz insoniyatga qadim zamondan ma'lum bo'lgan. Gazdan foydalanish 1609 yildan boshlangan. Bunda kumirni koksga aylantirish jarayonida sun'iy gaz hosil qilingan. XVII asr oxirida Angliyada gaz fonarlaridan foydalanish yo'lga qo'yildi. Rossiyada 1835 yilda Peterburgda birinchi sun'iy gaz zavodi ishga tushirildi. 1901 yilda Boku shaxri yaqinidagi Suraxan gaz konidan tabiiy gaz olina boshladi. Gazdan foydalanishning ortib borishi gaz bilan ta’minlanadigan hududlar yaqinida gaz zahiralarini tashkil etish zaruratini yuzaga keltirdi. Zaxiralarni tashkil etish uchun esa yer osti gaz omborlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dunyoda birinchi bor gazni sinov tariqasida quritilgan gaz koniga haydash 1935-yilda Kanadada, Uellend-Kaunti konida amalga oshirilgan. Sanoat miqyosidagi birinchi yer osti gaz ombori 1916-yilda AQShning Buffalo shahri yaqinidagi “Zoar” gaz konida tashkil etilgan. Uning hajmi 62 mln.mni tashkil etgan. Rossiyada quritilgan gaz koni asosidagi birinchi yer osti gaz ombori 1958-yilda Kuybishev viloyatidagi gaz qatlamlarida tashkil etilgan/ 1979-yildan boshlab quritilgan shimoliy-stavropol gaz konida dunyodagi eng katta yer osti gaz omborini tashkil etish boshlangan. Uning maydoni 680 km2ni tashkil etadi.
O’zbekistonda esa birinchi yer osti gaz ombori 1988-yilda Gazli gaz koni asosida tashkil etilgan.
Suvli qatlamdagi birinchi yer osti gaz ombori 1946-yilda AQShning Kentukki shtatida tashkil etilgan “Doe Run Upper” yer osti gaz ombordir. Rossiyada esa Kaluga yer osti gaz ombori 1958-yilda tashkil etilgan. Suvli qatlamdagi eng yirik gaz osti gaz ombori 1977-yilda Rossiyaning Ryazan viloyatidagi “Kasimov yer osti gaz ombori”dir. Uning loyihaviy faol hajmi 4,5 mlrdni tashkil etadi.
Hozirgi kunda dunyoda 600 dan ortiq yer osti gaz omborlari mavjud bo’lib, ulardagi faol gazning umumiy hajmi 340 mlrd.m3ni tashkil etadi.
Rossiyada 23 ta gaz saqlash ob’yekti mavjud bo’lib, ularning 16 tasi qurigan konlarda, 7 tasi esa suvli qatlamlarda tashkil etilgan.
O’zbekiston hududida qurigan gaz va neft konlari asosida hosil qilingan quyidagi yer osti gaz omborlari mavjud:

  • Shimoliy sox yer osti gaz ombori:

  • Gazli yer osti gaz ombori:

  • Xodjiobod yer osti gaz inshooti.

O’zbekiston gaz zaxirasi konlari bo'yicha MDX davlatlari o'rtasida 3 chi va jaxon miq'yosida 15-o'rinni egallab turibdi. Gaz sanoati asosan Gazli va Qarshi hududlariga to'g'ri keladi. Neft esa Fargona vodiysi, Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida qazib olinadi.
Bu masalani yechish esa, shu soxaga ta'luqli bo'lgan barcha resurslarni faollashtirish ya'ni mobillashtirish deganidir. Yirik geolo-texnik ishlarni olib borishda esa, o'z-o'zidan xar bir qaziladigan quduqdan chiqadigan flyuidlarni, uglevodorod mahsulotlarini qazib olish, yer tagida saqlash, shuningdek yer osti jixozlarini ishlatish rejimi va belgilangan vaqti va hokazolarni o'rganish talab etiladi.



Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page