YER OSTI GAZ OMBORLARNI TASHKIL ETISH VA ISHLATISHDAGI RUXSAT ETILADIGAN MAKSIMAL BOSIM Reja 7.1.Yer osti gaz omborlarni tashkil etish 7.2. Gazni yer ostida saqlash inshootlarining vazifasi va tasnifi 7.3. GEOSIni uchun strukturalar qidiruvi
Adabiyotlar (2,5,7,11,12)
7.1.Yer osti gaz omborlarni tashkil etish Ko'pgina hollarda yirik gaz is'tеmolchilar markazi xududida yer osti gaz omborini hosil qilish uchun yaroqli bo'lgan qisman ishlatilib bo'lingan gaz yoki neft konlari mavjud bo'lmaydi. Lеkin bu xudud tuzulishining gеologik qirqimini kuzutganimizda, aksariyat xollarda suvli qatlamning mavjudligini aniqlash mumkin. Bu esa o'z navbatida bu qatlamlarda yer osti gaz omborini tashkil etish mumkinligini ko'rsatadi.
Gazni yer ostiga haydash va olish uchun zarur bo'lgan bir ^chta ishchi quduqlarni burg'ulash, gazni yer ostiga haydash vaqtida qattiq va suyuk aralashmalardan tozalash va uni is'tеmolchilarga junatish oldidan namgarchilikdan quritish uchun qurilmalar barpo etish talab etiladi. Qoidalarga ko'ra xaydovchi-ishchi quduqlar qatlamning yotiq qismida, nazorat quduqlari esa uning qanotlarida burg'ulanadi.
Gazni qatlamga haydash vaqtida bosimning oshirilishi -yer osti gaz omborini tashkil etish uchun kеtadigan muddatlarni kamaytirishga, xaydovchi quduqlar sonining kamayishiga, budan tashqari, saqlash jarayonida saqlanayotgan gaz hajmi va quduqlarning dеbеtini oshirishga, gazni ombordan is'tеmolchilarga junatishda kompressorsiz ishlash vaqtini oshirishga va ishlab bo'lgan raft konida hosil qilingan yer osti gaz omborlarida konning raft beraoluvchanlik koeffitsiеntini oshirishga, gazni olish vaqtida kompressor stantsiyasining quvvatini kamaytirishga yordam beradi.
Lеkin bosimning o'ta oshib kеtishi quyidagi zararli oqibatlarga olib kеlishi mumkin:
- ombor qopqog'ida (kryolya) mavjud bo'lgan yoriqlarning kеngayishiga yoki yangilarining xosil bo'lishiga;
- gazning yer ostida yo’qotilishiga;
- bino va qurilmalarda gazning to'planib qolishi natijasida yong'in va portlashlarning sodir bo'lishiga;
- quduqlarda uglevodorod gazlari gidrokristallarining hosil bo'lishiga olib keladi.
Yer osti gaz omborida bosimni oshirish me'yori xam muxim axamiyatga egadir: ombordagi bosimning oshish me'yori qancha kichkina bo'lsa, bosimni shuncha katta miqdorgacha oshirish mumkin.
Yer osti gaz ombori uchun ruxsat etilgan bosimning maksimal miqdori quyidagilarga bogliq:
- qatlam yotish chuqurligi va gaz saqlash maydonining o'lchamlariga;
- gaz saqlash maydoni ustidagi qatlam jinslarining hajmiy
og'irligiga;
- qatlam, qatlam qopqog'i va qopqoq ustidagi qatlamlarning strukturaviy va tektonik xususiyatlariga;
- qatlam qopqog'ining mustaxkamligi, zichligi va plastikligiga.
Qatlam qopqog'ida vertikal yoriqlarning ochilib ketish oldi olingan holda ombor uchun ruxsat etilgan bosimning maksimal miqdorini taxminan quyidagi formuladan aniqlash mumkin:
bu yerda: - plastik tog jinslari uchun koeffitsient bo'lib u quyidagi tenglama orqali aniqlanadi
- qatlam tog' jinslarining ichki ishqalanish burchagi, agar bo'lganda bo'ladi va yuqoridagi tenglama ma'nosini yuqotadi; - ombor qopqog'i ustki qirqimni tashkil etuvchi tog' jinslarining bosimi, u quyidagiga teng
bu yerda: p - tog' jinslarining o'rtacha hajmiy zichligi; hi- tog' jinsi qatlamining qalinligi; po'r- qirqimni tashkil etuvchi tog' jinslarining o'rtacha zichligi, por=2,65 t/m3; II- ombor qopqog'i qirqimidagi tog' jinslarining umumiy qalinligi.
Suvli qatlamni qovushqoq suyuqlik yordamida sun'iy ochish amalga oshirilganda bosim gradienti 0,137 dan - 0,174 kgk/sm2/m oralig'ida o'zgardi. Yer osti gaz omborini tashkil etish bosim gradienti 0,154 kgk/sm2/m ga yetguncha qiyinchiliksiz amalga oshdi, ya'ni normal gidrostatik bosimni 1,54 martaga ko'targuncha. Ba'zi bir xollarda bosimning yuqori chegarasi deb, ombor joylashgan chuqurlikdagi tog' jinslari bosimining miqdori qabul qilinadi. Agar ombor qalinligi 5 metrdan katta bo'lgan glinali qobiqqa ega bo'lsa, maksimal ruxsat etilgan bosim miqdori ombor yotgan chuqurlikdagi gidrostatik bosimdan 1,3-1,5 marta katta bo'lishi mumkin.
13-rasm. Yer osti gaz ombori qirqimi Qatlamda bosimning boshlangich gidrostatik bosimdan oshishi natijasida ombor qobig'ida bosimlar tofovuti hosil bo'ladi, bu esa ba'zi xollarda qobiq qatlamdagi kichik radiusli g'ovakli kanallarning kapillyar kuchlari hosil qilayotgan «ostona» bosimini yengish uchun etarli bo'lishi mumkin. Bu holatda gaz g'ovakli kanallardan suvni siqib chiqaradi va qobiq o'zining zichligini yuqotadi.
G'ovakli kanallarining «o'rtacha» radiusi eng kam bo'lgan tog' jinsiga glina kiradi. Kapillyar bosimning miqdori g'ovakli kanallar «o'rtacha» radiusiga teskari proportsional bo'lganligi uchun, glinadagi kapillyar bosimning miqdori katta ko'rsatgichga ega bo'lishi mumkin, 70 kgk/sm2va undan yuqori.
Yer osti gaz omborida bosimni oshirish meyori ham muhim ahamiyatga egadir. Ombordagi bosimning oshish meyori qancha kichkina bo‘lsa, bosimni shuncha katta miqdorgacha oshirish mumkin. Yer osti gaz ombori uchun ruxsat etilgan bosimning maksimal miqdori quyidagilarga bog‘liq:
- qatlam yotish chuqurligi va gaz saqlash maydonining o‘lchamlariga;
- gaz saqlash maydoni usulidagi qatlam jinslarining hajmiy og‘irligiga;
- qatlam, qatlam qobig‘i va ular ustidagi qatlamlarning strukturaviy va tektonik xususiyatlariga;
- qatlam qobig‘ining plastikligi, zichligi va mustahkamligiga.
Qatlam qobig‘ida vertikal yoriqlarning ochilib ketishi oldi olingan holda ombor uchun ruxsat etilgan bosimning maksimal miqdorini taxminan quyidagi formuladan aniqlash mumkin:
bu yerda: - plastik tog jinslari uchun koeffitsient bo'lib u quyidagi tenglama orqali aniqlanadi
- qatlam tog' jinslarining ichki ishqalanish burchagi, agar bo'lganda bo'ladi va yuqoridagi tenglama ma'nosini yuqotadi; - ombor qopqog'i ustki qirqimni tashkil etuvchi tog' jinslarining bosimi, u quyidagiga teng
bu yerda: pi- tog' jinslarining o'rtacha hajmiy zichligi; hi- tog' jinsi qatlamining qalinligi; po'r- qirqimni tashkil etuvchi tog' jinslarining o'rtacha zichligi, por=2,65 t/m3; II- ombor qopqog'i qirqimidagi tog' jinslarining umumiy qalinligi.
Masala: yer osti gaz ombori tashkil etilgan kollektor-qatlam tepasidagi tog’ jinslarining yotish burchagi teng, qirqim qalinligi H-450m, qirqimning 46% qumtoshdan (zichligi ), 42% alevrolitdan ( ), 12% tuproqdan (zichligi ) iborat bo’lsa, kollektor-qatlam uchun ruxsat etilgan maksimal bosimni aniqlang.
Yechilishi: Yordamchi kattaliklarni aniqlaymiz: