O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Ishlatib bo‘lingan gaz, gaz kondensati va neft konlariga qo‘yiladigan talablar



Download 1.42 Mb.
Page45/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
13.2. Ishlatib bo‘lingan gaz, gaz kondensati va neft konlariga qo‘yiladigan talablar
GEOSI qurish uchun ishlatib bo‘lingan konlarning ishlatib bo‘lingan uyumlari ajratiladi. Bunday uyumlarning yaroqliligini aniqlash uchun (agar konni boshqa kompaniya ixtiyoriga topshirish zarur bo‘lsa) "Sanoatgeokontexnazorat" Davlat inspeksiyasi (DI) va O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillari ishtirokida idoralararo komissiya tuziladi.
Idoralararo komissiya uyumlarni ishlatish bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganish asosida kuyidagilarni aniqlaydi:
a) gaz, neft, kondensat va yo‘ldosh komponentlarning qoldiq zahiralari, qatlamlarning ishlanganlik darajasi;
b) burg‘ilangan barcha quduqlarning texnik holati va uyumni ochgan mavjud quduqdar fondining, konstruksiyalarining GEOSIni barpo etish uchun yaroqliligi, kon uskunalaridan foydalanish imkoniyati.
Kon-geologiya materiallarini ko‘rib chiqish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va ijobiy xulosaga kelinganda ishlangan qatlamlarda GEOSIni barpo etish texnologik sxemalarini ishlab chiqish uchun dastlabki material bo‘lib xizmat qiladi. Neft va gazning qoldiq zahiralari miqdorlari o‘rtasida farq aniqlanganda tegishli dalolatnoma tuziladi.
Konni to‘liq yoki qisman ishlanganda uning o‘rganilganlik darajasi, burg‘ilash ishlarining to‘liqligi va geofizik-kon ma’lumotlari sifatiga qarab texnologik sxema korxonasi (jamiyati) tomonidan konda to‘liq qidiruv ishlarini o‘tkazish va burg‘ilangan barcha quduqlar fondini o‘rganish dasturi tuziladi.
Konda to‘liq qidiruv ishlarini o‘tkazish dasturida ko‘zda tutilgan barcha ish turlariga, shu jumladan burg‘ilash, ta’mirlash-tiklash yoki qayta jihozlash ishlari tugagandan so‘ng manfaatdor tashkilotlar vakillari tomonidan quduqlarni bosim bilan tekshirishga qo‘p tomonlama dalolatnomalar tuziladi. Bu hujjatlar quduq jildida saqlanishi kerak.
Qo‘shimcha quduqlarni burg‘ilashga texnik loyihalar va mavjud quduqlar fondini ta’mirlash-tiklash ishlari rejalari o‘rnatilgan tartibda "Sanoatgeokontexnazorat" DI bilan kelishiladi.
Konni qazib olish tugagandan so‘ng uzoq, vaqt konservatsiyada bo‘lgan quduqlardan foydalanish mumkinligi GEOSI tasarrufida bo‘lgan loyiha kompaniyasi tomonidan "Sanoatgeokontexnazorat" DI bilan kelishilgan holda hal qilinadi.

Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page