To‘garakning asosiy maqsadi – talaba-yoshlarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, ularni bilim olishga va hozirgi zamon talabi bo’lgan axborot texnologiyalarida to’g’ri foydalana olish, raqamliy texnologiyalar asosida darslarni tashkil etishni o‘rganishga to‘liq safarbar etish, ijodkor iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ilmiy, amaliy-ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
“Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “UMUMIY FIZIKA III” to‘garagi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
To‘garak a’zolarining iste’dod va qobiliyatlarini aniqlash, ularning shunday fazilatlarini namoyish etish va rivojlantirib borishlari uchun munosib shart-sharotlarni yaratish;
Talabalarning qiziqish va intilishlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
AKT, fizikada modellashtirish, slaydlardan foydalanish, fizik jarayonlarda kompyuter animatsiyalaridan foydalanish, multimediyali darslarni tashkil etish kabi keng ko’lamli ilmiy, ijodiy ishlarni olib borish;
To‘garak a’zolarini fizik fanini o’rganishda zamonaviy axborot texnologiyalarni qo’llanilishiga oid yangi manbalar bilan muntazam tanishtirib borish;
Talabalarga fizik jarayonlarni animatsiyalarini yaratishda zarur bo’lagan dasturiy maxsulatlar haqida tushunchalar berish;
Yoshlar orasida fizika fanini chuqur o’rganishga qiziqish uyg’otish, fizika yangiliklar bilan tanishtirish, ilmiy-ijodiy iste’dod kabi fazilatlarni qaror toptirish;
Fizikani zamonaviy multimediyali texnologiyalar asosida tashkil etish to‘g‘risida ilmiy nazariy anjumanlar, davra suhbatlari, seminar–treninglar o‘tkazish, ko‘rgazmali chiqishlar qilish;
“Fizika va astranomiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejadagi fanlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada to‘garak ishtirokchilari bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlari haqida to‘garak qatnashchilariga ilmiy asoslarda tushuntirish ishlarini olib borish;
To‘garak ishtirokchilari orasidan iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan "Istedod" jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash;
Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
Zamonoviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil talim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish.
“UMUMIY FIZIKA III” KASBIY TO‘GARAGINING HUQUQLARI
TDPU da bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalarida, ijodiy va madaniy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashish, turli ilmiy-amaliy anjumanlar, ko‘rgazmalar, mushoira, ijodiy uchrashuvlar, tadbirlar majmuasini uyushtirish va o‘tkazishda ko‘maklashish.
Qonunda belgilangan tartibda reklama ishlarini amalga oshirish va o‘z faoliyatida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish.
Yoshlar orasida madaniy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy ishlarni olib borish va to‘garak faoliyati haqida axborotni keng targ‘ib qilish.
Respublikamizdagi OTMlar, ilmiy markazlar, zamonaviy korxona va tashkilotlar hamda jamg‘armalar bilan ilmiy-ijodiy hamkorliklar o‘rnatish.
Talabalarni to‘garak ishlariga keng jalb qilish va qiziqtirish maqsadida fakultet Kengashi qarori asosida to‘garak a’zolari orasida tanlov tashkil qilish.