TOʻGARAK JURNALI VA UNI YURITISH TARTIBI Mazkur jurnal talabalarning toʻgarak mashgʻulotiga qatnashishi (davomat) va toʻgarak rahbarining mashgʻulot oʻtishini kuzatib borish haqidagi hujjat hisoblanadi.
Toʻgarak jurnaliga mashgʻulot olib boruvchi toʻgarak rahbari lavozimi, F.I.Sh.
toʻgarak mashgʻulot oʻtilgan sana va mavzusi, soatlar soni haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Toʻgarak faoliyatini hisobga olish jurnali oʻquv yili uchun tuzilib, har bir toʻgarak uchun alohida-alohida jurnal yuritiladi.
Oʻquv yili oxirida toʻgarak jurnali tegishli hisobot bilan kafedraga topshiriladi va 3 yil davomida kafedrada saqlanadi.
Toʻgarak a’zolarining ishtiroki har bir mashgʻulotda qayd etib boriladi. Mashgʻulotga qatnashmagan talabalarga “y” (yoki “n/b”) belgilari qoʻyiladi. (“Izoh: sababli mashgʻulotga qatnashmayotgan talabalarga “y” (yoki “n/b”) belgisi doiraga olib qoʻyiladi).
Toʻgarak jurnalini yuritishda fakultet dekan muovinining va kafedra mudirining vazifalari: Talabalarning davomati guruh jurnaliga qayd etilishini nazorat qilib borish.
Toʻgarak jurnalini oʻz vaqtida, tartibli toʻldirish va yuritib borilishini ta’minlash hamda nazorat qilish.
Har oy oxirida guruh jurnallarini koʻzdan kechirish, ma’lumotlarni tahlil etish, zarur xulosalar chiqarish va imzo qoʻyib borish.