Tasdiqlayman


Bir va ko'p hujayrali organizmlar va ularning hayot faoliyatidagi o'ziga xos xususiyatlar



Download 2.96 Mb.
Page81/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
Bir va ko'p hujayrali organizmlar va ularning hayot faoliyatidagi o'ziga xos xususiyatlar.
Barcha tirik organizmlarda harakatlanish, nafas olish, oziqlanish, ayirish, modda va energiya almashinuvi, ichki va tashqi muhit omillariga qo'zg'alish orqali javob qaytarish, himoyalanish, o'sish, rivojlanish, ko'payish orqali irsiy axborotni nasldan naslga o'tkazishi kabi hayotiy jarayonlar kuzatiladi.
Bir hujayrali organizmlar biosferada muhim o'rin tutadi. Ular orasida fo- tosintezni amalga oshiradigan avtotroflar (yashil suvo'tlari, sianobakteriyalar) suvo'tlari bilan oziqlanadigan fitotroflar, yirtqich va parazitlik qiladigan geterotroflar, o'simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanadigan saprofitlar mavjud. Bir hujayralilarda metabolitik jarayonlar jadal sur'atda sodir bo'ladi, shu sababli, biogeosenozda modda va energiya almashinuvida, ayniqsa uglerodning davra bo'ylab aylanishida muhim ahamiyatga ega.
Ko'p hujayrali organizmlarning tanasi muayyan sondagi va aniq vazifani bajarishga ixtisoslashgan to'qima, organlar va organlar sistemasidan iborat. Ular tanasidagi hujayralar bajaradigan vazifalariga ko'ra: somatik va jinsiy hujayralarga bo'linadi. Somatik hujayralar organizmning o'sishi va rivojlanishini ta'minlasa, jinsiy hujayralar ko'payish vazifasini bajaradi.
Bir hujayrali organizmlardan farqli ravishda ko'p hujayralilarda har bir hayotiy jarayonni amalga oshirishga ixtisoslashgan hujayra, to'qima, organlar va organlar sistemasi mavjud. Ko'p hujayrali organizmlar hayot faoliyati ixtisoslashgan organlarning tinimsiz o'zaro aloqadorlikda ishlashiga bog'liq.
Hujayra, to'qima va organlarning ixtisoslashuvi tuzilish va funksional birlikka asoslangan, har bir to'qima va organlarning tuzilishida ularning bajaradigan funksiyasiga mosligini ko'rish mumkin.
Hayotning organizm darajasini o'rganishda organizm biologik sistema, irsiyat va o'zgaruvchanlik, modda va energiya almashinuvi, ko'payish va rivojlanish kabi umumbiologik qonuniyatlardan foydalaniladi.
Tayanch so'zlar: organizm, avtotrof, geterotrof, moddalar almashinuvi, aerob va anaerob organizm, hujayra, to'qima va organlarning ixtisoslashuvi, jinsiy va jinssiz ko'payish, nerv-gumoral tizim.

Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page