Tasdiqlayman



Download 2.96 Mb.
Page89/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
Zonalar

n va c

Jarayonlar

1

Ko'payish zonasi

2n, 2c

MITOZ. Boshlang'ich hujayralar mitoz usulida bo'linib, soni ortadi. Ularda xromosomalarning diploid to'plami saqlanadi

2

O'sish davri

2n, 4c

INTERFAZA. Hujayralarning ayrimlari kattalashadi, oziq za- xiralarini to'playdi, DNK miqdori ikki hissa ortadi

3

Yetilish davri

n, 2c

MEYOZ. Hujayralar meyoz usulida bo'linib, 4 ta gaploid to'plamli hujayralarni hosil qiladi

4

Shaklla- nish davri

n, c

Spermatozoidlarda bosh, bo'yin, dum qismlari shakllanadi. Yadro bosh qismida mitoxondriyalar dum qismida joylashadi. Tuxum hujayralarda bittadan ortiq spermatozoidning kirishi- ga yo'l qo'ymaydigan qo'shimcha qobiq hosil bo'ladi

Ovogenez va spermatogenez jarayonlarining farqi. Ovogenez spermatogenezga qaraganda uzoq muddat davom etadi. Chunki tuxum hujayralarda spermatozoidlarga qaraganda ko'proq oziqa to'planadi. Spermatogenezning meyoz jarayonida sitoplazma hamma hujayralarga teng miqdorda taqsimlanadi. Ovogenezda esa bo'linayotgan hujayralarning faqat bittasiga sitoplazma ko'p, boshqalariga juda oz miqdorda o'tadi. Spermatogenezning oxirida 4 ta bir xil, ovogenezda esa 1 ta yirik, 3 ta mayda hujayralar shakllanadi. Mayda uchta hujayra keyinchalik nobud bo'ladi.Yirik sitoplazmaga boy hujayra esa tuxum hujayraga aylanadi.
Urug'lanish deb tuxum hujayra bilan spermatozoidning qo'shilishi natija­sida zigota hosil bo'lishiga aytiladi. Zigotadan yangi organizm rivojlanadi.
Partenogenez. Ayrim hayvonlarda, jumladan chuvalchanglar, asalarilar, chumolilar, o'simlik bitlari, tuban qisqichbaqasimonlarda tuxum hujayra urug'lanmasdan rivojlanishi mumkin. Bunday rivojlanish partenogenez deb ataladi. Tabiiy partenogenez asalarida kuzatiladi. Asalarida urug'langan tuxum hujayradan urg'ochi ari, urug'lanmagan tuxum hujayradan erkak arilar - trutenlar rivojlanadi. Hozirgi vaqtda partenogenez faqat tabiiy holda uchrabgina qolmay, balki uni sun'iy olish imkoniyati ham mavjud. Bunda fizik(mexanik ta'sirlar, elektr toki, issiqlik va boshqalar) va kimyoviy omillardan foydalaniladi. Masalan, urug'lanmagan baqa tuxum hujayrasiga nina bilan ta'sir qilib, undan yetuk baqani rivojlantirish mumkin, ularning hammasi urg'ochi jinsli bo'ladi. B. L. Astaurov (1904-1974) sun'iy partenogenez yordamida erkak jinsli ipak qurtlarini yaratish usulini ishlab chiqqan.

Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page