Tasdiqlayman



Download 2.96 Mb.
Page87/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
Tirik organizmlar

Ko'payish usuli

Tirik organizmlar

Ko'payish usuli

Xlorella




Qirqquloqlar




Spirogira




Infuzoriya




Yassi chuvalchanglar




Igna tanlilar




Qalpoqchali zamburug'lar




Evglena




Qirqbo'g'imlar




Bezgak paraziti




Yo'sinlar




Suvo'tlar




Achitqi zamburug'i




Amyoba




ORGANIZMLARNING JINSIY KO'PAYISHI
Jinsiy ko'payishda yangi organizm ota va ona organizmlarining jinsiy hujayralari - gametalar ishtirokida hosil bo'ladi. Erkaklik va urg'ochilik jinsiy hujayralarining qo'shilishi natijasida zigota hosil bo'ladi. Zigotadan yangi organizm rivojlanadi. Yangi organizm genotipi ota-ona genotipidan farq qiladi. Jinsiy ko'payish asosida kombinativ o'zgaruvchanlik yotadi.
Jinsiy ko'payishning ahamiyati. Jinsiy ko'payish organizmlar evolutsiya- sida muhim rol o'ynaydi. Bu jarayon ota-ona irsiy belgilarining birlashishiga imkon beradi. Hosil bo'lgan yangi avlod ota-onasiga nisbatan yashovchan va o'zgargan muhit sharoitiga moslanuvchan bo'ladi.
Jinsiy ko'payish shakllari. Izogamiya shakli va o'lchami bir xil, hara- katchan erkak va urg'ochi gametalarning qo'shilishi bilan boradigan jinsiy ko'payish shakli (ulotriks). Geterogamiya erkak va urg'ochi gametalar harakat- chan, lekin urg'ochi gametalar erkak gametalarga nisbatan yirik bo'lishi bilan xarakterlanadi (xlamidomonada). Oogamiya- jinsiy ko'payishning bir shakli bo'lib, urg'ochi gametalar yirik, harakatsiz, tuxum hujayra deb ataladi, erkakgametalar mayda bo'lib, harakatchan bo'lsa spermatozoid (hayvonlar, yo'sinlar, qirqquloqlar), harakatsiz bo'lsa spermiy (gulli o'simliklar) deb yuritiladi.
Gulli o'simliklarda jinsiy ko'payish. Gulli o'simliklarda jinsiy hujay­ralar- changchining changdonida, urug'chining urug'kurtagida yetiladi. Chang xaltasidagi diploid mikrosporotsit hujayra meyoz yo'li bilan bo'linib, 4 ta mikrosporani hosil qiladi. So'ng har bir mikrospora mitoz yo'li bilan bo'linib ikkita: yirik vegetativ va mayda generativ hujayralarga ega chang donasiga aylanadi. Generativ hujayra yana mitoz usulida ikkiga bo'linib ikkita spermiyni hosil qiladi.Tugunchaning urug'kurtagidagi diploid to'plamli megasporotsit hujayra meyoz bo'linishdan so'ng 3 ta mayda, 1 ta yirik hujayra - megasporani hosil qiladi. Mayda hujayralar tezda nobud bo'ladi. Megaspora 3 marotaba mitoz yo'li bilan bo'linadi va sakkiz yadroli murtak xaltasini hosil qiladi. Murtak xaltaning bir qutbida uchta, ikkinchi qutbida ham uchta, markazida esa ikkita hujayraning o'zaro qo'shilishidan hosil bo'lgan markaziy hujayra joylashadi. Murtak xaltasining mikropile tomonidagi uchta hujayrasining o'rtadagi yirikrog'i tuxum hujayra hisoblanadi.Changlanishdan so'ng urug'chi tumshuqchasiga tushgan chang asta-sekin o'sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasi o'sib, uzun va ingichka naycha- chang yo'lini hosil qiladi. Chang naychasi urug'chi tugunchasi tomon o'sib urug'kurtakka yetib boradi. Hosil bo' lgan ikkita spermiy chang naychasi orqali urug'kurtakdagi murtak xaltaga kiradi. Spermiylardan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo'shiladi. Bu jarayon gulli o'simliklarda qo'sh urug'lanish deb ataladi.
Urug'kurtakning urug'langan hujayralari ko'p marta bo'lina boshlaydi. Urug'langan tuxum hujayra - zigotadan murtak, urug'langan markaziy hujayradan esa endosperm rivojlanadi. Murtak bilan endosperm birgalikda urug'ni hosil qiladi. Shunday qilib, qo'sh urug'lanishdan so'ng urug'kurtak urug'ga aylanadi. Uning po'stidan shu urug'ni o'rab turadigan po'st, tuguncha va gulning boshqa qismlaridan esa meva hosil bo'ladi.

Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page