2-topshiriq. Hayvonlarda va gulli o'simliklarda jinsiy hujayralarning hosil bo'lishi va urug'lanish jarayonlarini qiyoslang.
Gulli o'simliklar
Umumiy jihatlar
Hayvonlar
O'ziga xos jihatlar
O'ziga xos jihatlar
ONTOGENEZ - TIRIK ORGANIZMLARNINGINDIVIDUAL RIVOJLANISHI Tirik organizmning shakllana boshlashidan hayotining oxirigacha ketma- ket sodir bo'ladigan morfologik, fiziologik, biokimyoviy o'zgarishlar majmuyi individual rivojlanishi yoki ontogenez (yunoncha onton - mavjudot, genezis- rivojlanish so'zlaridan olingan) deyiladi. Ontogenez tushunchasi 1866-yilda E. Gekkel tomonidan fanga kiritilgan.
Ontogenez jinsiy ko'payadigan organizmlarda tuxum hujayraning rivoj- lanishidan, jinssiz ko'payadigan organizmlarda ona organizmdan ajralishidan boshlanadi va umrining oxiriga qadar davom etadi. Ontogenezning uchta tipi farqlanadi.
Lichinkali rivojlanish. Lichinkali ontogenez tuxum hujayrada sariqlik moddasi kam bo'lgan organizmlarda, masalan, hasharotlarda, baliqlarda va amfibiylarda kuzatiladi. Ularning tuxumidan yetuk formalardan o'z tuzilishi bilan farq qiladigan, o'zi mustaqil oziqlanadigan lichinka rivojlanadi. Lichinkali rivojlanadigan organizmlarda metamorfoz hodisasi kuzatiladi. Metamorfoz organizm individual rivojlanishi davomida tuzilishida sodir bo'ladigan chuqur o'zgarishlardir. Hayvonlarda metamorfoz asosan hayot tarzi yoki yashash muhitining o'zgarishi bilan bog'liq holda amalga oshadi. Metamorfoz bilan rivojlanadigan hayvonlarning hayot siklida lichinkalik davri bir yoki bir necha bosqichda kechadi. Bunday hayvonlarda ontogenezning har bir bosqichida shu organizm mansub turning mavjudligini ta'minlaydigan muhim hayotiy funksiyalar amalga oshadi. Masalan, lichinkalik davrida areal bo'ylab tarqalish, voyaga yetgan davrda ko'payish jarayonlari kuzatiladi. Lichinkali rivojlanish o'troq yashaydigan organizmlarning lichinkalari tarqalishi va arealning kengayishiga imkon yaratadi. Bitta turning lichinkalari va voyaga yetgan formalari turli muhitda yashashi, turli oziq bilan oziqlanishi tufayli tur ichidagi kurashning keskinligi kamayadi. Ba'zi hayvonlarning lichinkalari ko'payish xususiyatiga ham ega (jigar qurti, exinokokk).