Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: biogeotsenoz, biotsenoz, biotop, biogeokimyoviy sikl, mikroekosistemalar, makroekosistemalar, mezoekosistemalar, global ekosistema.
Bilimlaringizni qo‘llang. 1. Ekosistema va biogeotsenozga ta’rif bering. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlang.
2. Ekosistemaning tarkibiy qismlarini aytib bering? Ularning ahamiyati nimadan iborat?
3. «Biotsenoz» va «biotop» tushunchalariga ta’rif bering.
4. Ekosistemada organizmlarning qanday funksional guruhlari mavjud?
5. Ekosistemadagi turli funksional guruhlarga kiruvchi organizmlar ahamiyatini ko‘rsating.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. Biogeotsenoz va ekosistemalarning o‘xshashlik va farqini aniqlang. Jadvalni to‘ldiring.