Hayotni molekula darajada o‘rganishning ahamiyati. Hayotni molekula
darajada o‘rganishda asosiy e’tibor Yerda hayotning paydo bo‘lishi varivojlanishi, tirik organizmlarning yashashi uchun qulay muhitning vujudgakelishiga zamin yaratadigan fotosintez jarayoniga qaratiladi. Quyosh nurita’sirida xlorofi ll ishtirokida anorganik moddalardan organik moddalarningsintezlanishi fotosintez jarayoni ekanligi sizga ma’lum. Fotosintez jarayonidaquyoshning yorug‘lik energiyasi organik birikmalarning tarkibidagi kimyoviybog‘lar energiyasi shaklida jamlanadi. Mazkur organik birikmalarning parchalanishinatijasida hosil bo‘lgan energiya hisobiga barcha tirik orga nizmlarning yagona va universal energiya manbayi makroergik bog‘larga egaATF (adenozintrifosfat) sintezlanadi. ATF barcha tirik organizmlar, ayniqsa,geterotrof organizmlar uchun asosiy energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi.Fotosintez jarayonining mukammal o‘rganilishi kelgusida sayyoramizdahayotning saqlanib qolishi, ekologik muammolarning oldini olish, qishloqxo‘jaligi ekinlarining hosildorligini orttirish omillarini aniqlash imkoniniberadi.Hayotning molekula darajasida o‘rganiladigan muammolardan biriorganik molekulalar tarkibiga kiradigan kimyoviy elementlar, ya’ni makro vamikroelementlarning tirik organizmlar tuzilishi va ularda boradigan biologikjarayonlarda ishtirokini aniqlash sanaladi. Organik birikmalar tarkibidagi
makro va mikroelementlar ular bilan birikkan holda biologik tizim shaklidamuayyan vazifalarni bajaradi. Masalan, xlorofi ll tarkibida magniy, gemoglobin
tarkibida temir mavjud. Mazkur kimyoviy elementlar yetarli bo‘lgan taqdirda
makromolekulalar o‘z vazifalarini to‘liq bajara oladi.
Biosferada hayot molekula darajasining asosiy roli quyosh energiyasini
o‘zlashtirish, organik birikmalarni sintezlash, irsiy axborotni kodlash va
uzatish, avlodlar o‘rtasida irsiy axborotning uzviyligi va barqarorligi, fi zikkimyoviyjarayonlarning tartibli o‘tishini ta’minlashdan iborat.Hayotning molekula darajasida yuksak darajada tartiblangan biokimyoviyjarayonlar: oqsillar biosintezi (ribosomada), glikoliz (sitoplazmada), nafas olish(mitoxondriyada), fotosintez (xloroplastda) sodir bo‘lishi biologik tizimdahayot nafaqat hujayra darajasida, balki molekula darajasida o‘rganilishinitaqozo etadi. Hayotning molekula darajasida o‘rganilishi lozim bo‘lgan judako‘p ilmiy muammolar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda.