Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Lizing operatsiyalarini o’tkazish tartibi va lizingning avzalligi



Download 148.5 Kb.
Page3/6
Date25.09.2024
Size148.5 Kb.
#64633
1   2   3   4   5   6
1710190652
5-АМАЛИЙ МАШҒУЛОТ, 33
Lizing operatsiyalarini o’tkazish tartibi va lizingning avzalligi.
G’arb mamlakatlarida lizing xizmatlari bozori lizing shartnomalarining shakl va modellari xilma-xilligi bilan hamda lizing operatsiyalarini tartibga soluvchi turli huquqiy me’yorlar bilan ajralib turadi.
Lizing faoliyati butun dunyoda iqtisodiyotni rivojlantirishning tayanch omillaridan biri sifatida tan olinib, dunyo bo’yicha yildan-yilga jadal sur’atlar bilan o’sib borayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining 1999 yilda qabul qilingan “Lizing to’g’risida”gi qonunida lizingning ikki turi: moliyaviy va operativ lizing o’z aksini topgan. Shuningdek, Qonunda lizing beruvchining yozma roziligi bilan lizing ob’ektini vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun uchinchi shaxsga topshirish huquqi ham aks ettirilgan.
2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasini ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga binoan “Lizing to’g’risida”gi qonunda lizingning moliyaviy turi qoldirildi.
Iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida lizingning turli shakllaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Lizingning moliyaviy lizing, xalqaro lizing, ichki lizing, operativ (tezkor) lizing, aralash lizing, sublizing, qaytarma lizing, sof lizing, to’liq lizing, ommaviy lizing, revolverli lizing, bo’linma lizing va shu kabi ko’plab turlari mavjuddir. Lizing turlarini bir qancha mezonlarga asosan tasniflash mumkin.
Mamalakatimizda lizingning quyidagi turlari rivojlanmoqda:

  1. Moliyaviy lizing.

  2. Operativ lizing.

Moliyaviy lizingda lizing shartnomasining amal qilish davrida lizingga oluvchi lizingga beruvchiga lizingga olingan mulkning to’la qiymatini (to’liq amortizatsiyani) to’dab beradi.
Moliyaviy lizing katta miqdordagi kapital quyilmalarni talab etadi. Shu sababli, moliyaviy lizingni asosan tijorat banklari amalga oshiradi.
Operativ lizingda mulk, uning amortizatsiya davridan kam bo’lgan davrga, lizingga beriladi.
Odatda, ma’naviy eskirish sur’atlari yuqori bo’lgan mulklar operativ lizingga beriladi.
Operativ lizing shartnomalarining muddati 2 yildan 5 yilgacha bo’ladi. Operativ lizing quyidagi xususiyatlarga ega:

  • texnik uskunalar va jixozlarni ijaraga beruvchi lizing kompaniyasi hech mahal «barcha sarf-xarajatlarimni yakka-yu yagona mijozim evaziga qoplayman» qabilidagi fikr yuritmaydi;

  • ijaraga berilgan texnika, asbob-uskunalarning nosoz holga kelishi yoki yo’qolishi, shuningdek tabiiy ofatlar - zilzila, yong’in va sel ketish oqibatida ko’riladigan moddiy zararlar, asosan, lizing beruvchi kompaniya hisobidan qoplanadi;

  • ijara muddati mavjud asbob-uskuna va jihozlarning jismonan butunlay ishdan chiqish muddatini qoplamasligi darajasida belgilanmaydi;

  • kelishilgan muddat tugagandan so’ng, ijaraga olingan barcha uskunalar egasiga, ya’ni lizing beruvchiga qaytarib beriladi.

Operativ lizing quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Renting. Mulkni bir kundan to bir yilgacha bo’lgan qisqa muddatga ijaraga berish.

  • Xayring. Bunda mulk 1 yildan 3 yilgacha muddatga ijaraga beriladi. Odatda, bu muddat o’rta muddat hisoblanadi.

Moliyaviy lizing ham o’z navbatida quyidagiturlarga bo’linadi:

Ba’zi xizmat turlarini qamrab oluvchi lizing. Bunda lizing kompaniyasi ijaraga berilgan uskunalarni o’rnatish, sozlash, mutaxassislar tayyorlash kabi bir qator majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi.
Levedj - lizing. Bunda ijaraga berilayotgan uskuna va jihozlar narxining katta miqdori uchinchi tomondan, ya’ni investordan qarzga olinadi.
"Paket"dagi lizing. Mavjud ishlab chiqarish inshootlari va binolar kreditga berilib, zarur bo’lgan mashina va uskunalar esa ijarachiga ijara shartnomasi asosida beriladi.
Lizing muomalalari ularni keltirib chiqaruvchi ob’ektiv shart-sharoitlarga qarab, aniqrog’i, ob’ektga egalik qilish manbalari nuqtai nazaridan ikkiga: bevosita va yana o’ziga qaytuvchi lizing turlariga bo’linadi.
Bevosita lizing. Bunda lizing kompaniyasi mijoz uchun, uning buyurtmasi asosida, mashina va uskunalarni ularni ishlab chiqarayotgan korxonalardan sotib oladi.
O’ziga qaytuvchi lizing. Moliyaviy lizingning nisbatan kam uchraydigan bu turi «liz-bek»deb ham ataladi. Bunda ishlab chiqaruvchi korxona o’z tasarrufidagi xususiy mulkning bir qismini lizing kompaniyasiga to’la qiymatda sotadi. Ayni chog’da lizing kompaniyasi bilan korxona o’rtasida shu uskunani sotib olish byo’icha lizing shartnomasi tuziladi. Shartnomaga binoan lizing kompaniyasi esa muayyan muddat ichida ijara xaqini olaveradi. Bu sharoitda korxona sotilgan mulk uchun olgan mablag’larni ishlab chiqarishni kengaytirish va rivojlantirish maqsadlariga sarflash imkoniyatlariga ega bo’ladi.
Ijaraga berilayotgan mulkka nisbatan lizing quyidagi turlarga bo’linadi:
Sof lizing. Bunda ijaraga berilayotgan mulk va ularni ishlatishga sarflanadigan barcha qo’shimcha xarajatlar ijarachi zimmasiga yuklatiladi.
To’liq lizing. Bu lizing turiga binoan ijaraga berilayotgan mashina va uskunalarga texnik xizmat ko’rsatish bilan bog’liq barcha sarf-xarajatlar lizing kompaniyasi zimmasiga tushadi.
Lizing shartnomasi ikki tomonlama imzolangan taqdirda, lizing kompaniyasi ikkinchi tomon bilan shartnoma shartlarini kelishib olgandan so’ng, uning buyurtmasiga muvoffiq, so’ralayotgan texnika va texnologiyalar, mashina va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonaga ma’lumotnoma yuboradi hamda ijaraga olinayotgan uskunalarning narxlari ijara shartlari va hokozolarni kelishib oladi. Lizing oluvchi sub’ekt esa, o’z navbatida, kompaniyaga, o’ziga kerakli uskunalarni ijaraga olishini tasdiqlovchi majburiyat xati yuboradi.
Sublizing - ijarachining lizingga olingan ob’ektni lizing shartnomasi asosida boshqa ijarachi - lizing oluvchiga berishi.
Xalqaro lizing lizingning alohida bir turi bo’lib, bunda tomonlarning hech bo’lmaganda birortasi (yoki hammasi) boshqa mamlakatga tegishli bo’ladi, yoki tomonlarning biri xorijiy firma bilan qo’shma kapitalga egadir.
Xalqaro lizingning quyidagi modifikatsiyalari mavjud: to’g’ridan-to’g’ri, eksport va import, tranzit (bilvosita), to’g’ri bo’lmagan.
To’g’ridan-to’g’ri xalqaro lizingda bitim bo’yicha barcha operatsiyalar turli mamlakatlarning yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan tijorat tashkilotlari o’rtasida amalga oshiriladi.
Tranzit (bilvosita) lizingda bir mamlakatdagi lizing beruvchi boshqa mamlakatdan kredit oladi yoki zarur bo’lgan uskunalarni sotib oladi va uchinchi bir mamlakatdagi ijarachiga etkazib beradi.
To’g’ri bo’lmagan lizingda lizing firmasi va iste’molchi bir mamlakatga tegishli bo’ladi, lekin lizing firmasi boshqa mamlakatda joylashgan bo’ladi.
Xalqaro lizing biznesi ichki lizingga nisbatan ancha kech rivojlana boshlagan. Xalqaro lizing operatsiyalarini rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir etgan: ko’pchilik mamlakatlarda kredit olish shartlarining og’irligi, banklar tomonidan foiz stavkalarini oshirishlari, lokal moliyaviy inqirozlar, ba’zi mamlakatlar soliq tizimining beqarorligi va boshqalar.



Download 148.5 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page