Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini rivojlantirish masalalari. Jahon iqtisodiy amal banklarning lizingning kapital quyilmalarni etarli darajada saqlab turishga xizmat qiluvchi moliyaviy vosita sifatidagi yuqori samaradorligidan dalolat bermoqda. Tijorat banklarning lizing moliyalashtirishning tijorat banklari negizida tashkil qilinadigan lizing kompaniyalari yoki banklarning o’zi amalga oshiradi. Shubhasiz, biznesning o’ziga xos bu turi bilan shug’ullanish banklarning o’ziga yoki ularning maxsus bo’limlariga, shuningdek, banklar bilan aloqador moliyaviy vositachilar uchun qulaydir.
Bugun biz O’zbekiston Respublikasida lizingning huquqiy asoslari shakllanayotganligini ishonch bilan aytishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi lizing shartnomasining mazmuni, lizing sub’ektlari va ularning huquq va majburiyatlarini, shuningdek, lizing muomalalarida ishtirok etayotgan sub’ektlarning javobgarligini, lizing ob’ektlarini, sublizing (ijarachining lizingga olingan ob’ektni lizing shartnomasi asosida boshqa ijarachi – lizing oluvchiga berishi) ni belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan, lizing to’lovi – bu lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga to’lanadigan hamda lizing ob’ektini sotib olish va lizing stavkasi bilan bog’liq barcha sarf-xarajatlarni o’z ichiga olgan pul summasidir.
So’nggi yillarda respublikamizda lizingni yanada rivojlantirish va tadbirkorlik sub’ektlarining moddiy-texnik bazasini zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlash borasida choralar ko’rilmoqda. Xususan, mamlakatimiz Prezidentining «Lizing faoliyatini rivojlanitirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni bu borada muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Unga muvofiq, lizing to’lovlari qo’shilgan qiymat solig’idan, lizingga berish uchun O’zbekmston Respublikasi hududiga olib kelinadigan texnologiya uskunalari bojxona to’lovi hamda qo’shilgan qiymat solig’idan, lizing oluvchilar lizing shartnomasi amal qiladigan muddatgacha lizinga berilgan mulkdan mulk solig’i to’lashdan ozod etilgan. Lizing beruvchilar esa lizinga berish uchun mulk xarid qilishga olgan kreditlar foizi hamda belgilangan boshqa to’lovlarning summasini jami daromadidan chegirib tashlaydi. berish uchun O’zbekmston Respublikasi hududiga olib kelinadigan texnologiya uskunalari bojxona to’lovi hamda qo’shilgan qiymat solig’idan, lizing oluvchilar lizing shartnomasi amal qiladigan muddatgacha lizinga berilgan mulkdan mulk solig’i to’lashdan ozod etilgan. Lizing beruvchilar esa lizinga berish uchun mulk xarid qilishga olgan kreditlar foizi hamda belgilangan boshqa to’lovlarning summasini jami daromadidan chegirib tashlaydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’zbekiston Republikasining iqtisodiy o’sish sur’atlari darajasini ko’tarish uchun - Tijorat banklarning lizing kompaniyalari bilan samarali bitimlar tuzish lozim. Chunki, mana shu operatsiyalar orqali ham sanoatni, ishlab chiqarishni rivojlantirish mumkin. Sanoat va ishlab chiqarishi yuqori bo’lsa, demakki, eksport salohiyatimiz ham yaxshi bo’lishi mumkin. Agar mamlakatimiz eksportdan ko’plab valyutaviy tushumlar olsa, demakki savdo balansimiz ijobiy bo’ladi.