Toshkent kimyo-texnologiya instituti yangiyer filiali noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti



Download 4.48 Mb.
Page5/9
Date05.12.2023
Size4.48 Mb.
#62820
1   2   3   4   5   6   7   8   9
uskuna va jihozdan kurs loyiha.......
12-maruza
Vintli konveyerlar
Vintli konveyerlar sochiluvchan va ba’zan mayda donali materiallarni 70 metrgacha masofada tashish uchun ishlatiladi. Ular bilan tolali, issiq yoki sovuq, namroq va zaharli modda ajratib chiqaruvchi materiallarni ko‘proq tashiladi. Vintli konveyerlar, materiallarni tashish bilan birgalikda ularni sovutish (0 gacha) va isitish (moy yordamida 750, gaz yordamida 940 gacha) vazifalarini ham bajarishi mumkin.
Vintli konveyerlarning ish unimdorligi asosan 20….60 m3/soat va ayrim hollarda, ya’ni vint diametrik katta bo‘lagnda 100 m3/soat gacha bo‘ladi. Valning aylanishlar soni tashilayotgan materilaga va vint diametriga bog‘liq. Masalan, og‘ir materiallar uchun, odatda 50 va yengil materiallar uchun uchun esa 150 min-1 gacha.
Vintli konveyerlar materilallarni gorizantal, biroz qiya
(10-20 gacha), shuningdek vertikal yo‘nalishda tashish uchun ishlatiladi. Vertikal vintli konveyerlarda changsimon va donali materiallar tashiladi. Nov rolini vertikal slindrik truba bajaradi.
Bu konveyerlarning ko‘tarish balandligi 25 m gacha, ish unumdorligi esa 50 m3/soat gacha, valning aylanish takroriyligi 1400 min-1 va vint diametrik 400 mm gacha bo‘ladi.
Vintli konveyerlar - yuritma, uzatish qopqog‘i, qo‘zg‘almas nov, chetki va orliq osma tayanch, qopqoq, vint o‘ramlari mahkamlangan harakatlantiruvchi val, yuklash va bo‘shatish trubalaridan iborat. Vintli konveyerning afzalligi: tuzilishi oddiy, ko‘ndalang kesimining o‘lchamlari kichik, germetik, tashqarida harakat qiluvchi qismi yo‘q va bo‘shatish qulay.
Kamchiligi: boshqa konveyerlarga nisbatan materiallarni tashish uchun ko‘p energiya sarf qiladi, tashilyotgan materiallar maydalanib ketadi, vint va novning yoyilishi natijasida tez ishdan chiqadi. Bu yoyilish asosan o‘tkir qirrali materiallarni tashishda hosil bo‘ladi.

Zanjirli konveyerlar
Zanjirli konveyerlar yuqori haroratli o‘ta qo‘pol katta donali yuklarni va lentali konveyerlar tashiy olmaydigan yuklarni tashish uchun ishlatiladi. Tortuvchi jism sifatida har xil turdagi plastinkali va payvand zanjirlar qo‘llaniladi. Odatda, plastinkali, vutulka-rolikli zanjirlar ko‘proq ishlatiladi.
Zanjirli konveyerlarda har xil yuklarni tashish uchun plastinkalar, qirg‘ichlar, ballonchalar, cho‘michlar, aravachalar, maxsus qisqichlar va hokazolar o‘rnatiladi. Ma’lumki, mashina va mexanizmlarni xarakatga keltirish uchun avvalo biror energiya manbai bo‘lishi kerak.
Energiya manbai sifatida ichki yonuv dvigateli,
bug‘ mashinasi, elektrik dvigatellardan foydalanish mumkin. ko‘pincha, energiya manbai sifatida foydalaniladigan uzellarning ishlash xarakteri ish bajaruvchi qismga qo‘yilgan talablardan farq qiladi.
Masalan, avtomobilni turgan joyidan qo‘zg‘atish vaqtida uning g‘ildiraklaridagi burovchi moment katta qiymatga ega bo‘lishi kerak. Bunga g‘ildirakning aylanish chastotasini kamaytirish xisobiga erishiladi.











Download 4.48 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page