Universiteti


Didaktik markazlashgan texnologiya



Download 253 Kb.
Page7/26
Date07.04.2024
Size253 Kb.
#64009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
chet tili bilimlari oʻtkazish
adsf, chet tili bilimlari oʻtkazish, 1- topshiriq (1)
2. Didaktik markazlashgan texnologiya. Bu texnologiya markazida ta'lim jarayoni turadi va ta'lim jarayoni tarbiyadan ustun qo'yiladi. Aynan didaktik vosita yordamida shaxsni shakllantirish, unda kasbiy ko'nikmalarni hosil qilish maqsad qilib qo'yiladi. Bunda o'qituvchi etaklovchi (amaliyotchi) sifatida maydonga chiqadi. Ikki tomon ham (o'qituvchi va talaba) bir xil pozisiyani egallaydi. Asosiy maqsad ta'lim olish va tomonlar hamkorlikda ish olib boradilar.
3. Shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar. Ta'lim tizimining markazida talaba shaxsi turadi. Talabaning rivojlanishiga sog'lom psixologik muhitni tashkil qilish, nizo va inqirozlardan asrash, tabiiy imkoniyatlarini rivojlantirish, qobiliyatini o'stirishga qaratilgan. Bu yo'nalishni to'rt guruhga bo'lish mumkin:
а) Insoniy texnologiyalar. Bu texnologiya o'zining insoniyligi bilan, psixoterapevtik yo'nalishi bilan ajralib turadi. Ushbu texnologiyaning mazmuni talaba shaxsini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va talabani ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Talabaga nisbatan hurmat va mehr bilan qarash va majburiylikdan voz kechishdan iboratdir.
б) Hamkorlik texnologiyasi. Bu texnologiya demokratiya, hamkorlik, tenglik kabi g'oyalar asosida qurilgan. O'qituvchi va talaba orasidagi munosabatlar sub'ekt - sub'ekt sifatida qaraladi. Birgalikda ta'lim jarayoni tashkil etiladi va birgalikda ijod etiladi.
в) Erkin tarbiya texnologiyasi. Talabaga tanlash, mustaqillik erkinligi beriladi. Talaba o'zi tanlagan vosita va mazmunni to'liq qabul qiladi hamda bu faoliyatni xohish bilan bajaradi. Ichki extiyoj bilan uyg'unlik hosil bo'ladi.
г) Ezoterik texnologiya. Ezoterik bilimlar (ongdan tashqari) qonuniyatlarni o'rganish orqali haqiqatga yaqinlashish nazarda tutiladi.


1.1 TA'LIMNING FAOL USULLARI VA TEXNIKASI
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta'lim-tarbiya jarayonida ko'plab yondashuvlar mavjud. Pedagogik texnologiyalarni xarakteri ana shu yondashuvdan kelib chiqadi. Shunga qaramasdan ko'pgina pedagogik texnologiyalar o'z mazmuni, maqsadi, metodlari va vositalariga ko'ra bir-biriga o'xshash. Pedagogik texnologiyalarni ana shu o'xshash xususiyatlariga qarab ularni bir necha turga ajratish mumkin.
Qo'llanilishiga, qamrov hajmiga (masshtabiga) ko'ra ularni uch guruhga ajratiladi:
Umumiy pedagogik texnologiyalar.
Xususiy pedagogik texnologiyalar.
Modulli kichik universal texnologiyalar

Download 253 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page