Universiteti



Download 253 Kb.
Page3/26
Date07.04.2024
Size253 Kb.
#64009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
chet tili bilimlari oʻtkazish
adsf, chet tili bilimlari oʻtkazish, 1- topshiriq (1)
Mavzuning dolzarbligi. Chet tili darslarida pedagogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha ko‘pgina olimlar o‘zlarining qimmatli fikrlarini bildirganlar. Pedagogik texnologiyalarni qo’llash muammoli xususiyatlardan biri sifatida o‘quvchilarning bilimini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish va amaliy bilish faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi.O’quvchi o’z fikrni erkin bayon etishi, mavzuni guruh yoki jamoa ichida erkin yoritib berishida esa bu kabi pedagogik texnologiyalarning o’rni kata ahamiyatga egadir. Shu sababli mazkur mavzu bugungi kun olimlari oldida turgan dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. O’quvchilarga til o’rgatishda pedagogik texnologiyalarni qo’llash hozirgi kunda eng muhim masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Fransuz tilini o’qitishning maqsadlari jamiyat va davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi, shuning uchun ham fransuz tilini o’qitishga mo’ljallangan o’quv dasturi jamiyat, davlat manfaatlari va talablariga mos kelmog’i hamda javob bermog’i lozim. Mustaqil Respublikamizning jahon hamjamiyatida tutgan o’rni tobora o’sib, xalqaro aloqalar, turizm, savdo-sotiq va mamlakatlar o’rtasidagi madaniy hamda iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotgan bir paytda uning kelajagini yaratuvchi yoshlarga fransuz tilini puxta o’rgatish va masalalarni erkin muhokama qila olish, umuman og’zaki va yozma shaklda muloqot qila olishni o’rgatish hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
Tadqiqotning vazifasi esa ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagilar vazifa qilib belgilanadi.

  • Hozircha pedagogik texnologiya qo’llash metodikasida avval aytib o’tilgandek, materiallarini tanlash va taqsimlash masalasi muhim o’rinni egallaydi.

  • Pedagogik texnologiyalarni qo’llashda ko’pgina olimlarning har xil metodlari va tavsiyalarini keng mulohaza qilishdir.

  • Bunga asosan L.V.Sherba, L.V.Rahmonov, Ch.Fris kabi olimlarning o’qitishda ko’pgina pedagogik metodlarni qo’llash bo’yicha keng ko’lamda rivojlantirishga ijodiy yondashishi.

  • O’quvchilarni o’qitishda pedagogik texnologiyalarni qo’llash har xil metodlardan foydalanish mavzuni kengroq yoritib berishdan iborat.

Chet tilini o’qitishda pedagogik texnologiyalarni qo’llash va tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. O’rta ta’lim maktablari, Kasb – hunar kollejlari, Akademik litseylar va Oliy o’quv yurtlarida chet tilini o’qitishdan maqsad o’quvchilarni til o’rganilayotgan mamlakat shaharlari bilan tanishtirish, ularning urf –odatlarini yaqindan o’rgatish hamda ularning tarixiy obidalari va mashhur shaxslari bilan tanishtirishdan iborat.

Download 253 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page