Universiteti


Muammoli o'qitishni tashkil etishning shartlari



Download 253 Kb.
Page12/26
Date07.04.2024
Size253 Kb.
#64009
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
chet tili bilimlari oʻtkazish
adsf, chet tili bilimlari oʻtkazish, 1- topshiriq (1)
Muammoli o'qitishni tashkil etishning shartlari:

  • birinchi sharti: o'quv-axborot materiallarini etkazib berish;

  • ikkinchi sharti: muammolarni echish usulini xilma-xilligini taminlash;

  • uchinchi sharti: talabaning ushbu mavzuni o'zlashtirishdan manfaati, maqsadi, va bilish imkoniyatlaridan foydalana olishi.

muammoli o'qitish metodlari:
-ijodiy yondoshuv metodi;
-qisman ijodiy-yondoshuv yoki evristik;
-axborotlarni muammoli bayon qilish;
-axborotni muammoli boshlash orqali bayon qilish.
1.2 TABAQALASHTIRIB O'QITISH TEXNOLOGIYASI
Tabaqalashtirib o'qitish o'quv jarayonini tashkil etishning shakli sifatida umumiy didaktika prinsipariga asoslangan bo'lib, maxsus tashkil ettirilgan tahsil oluvchilarning gomogen guruhlarida, o'quv jarayonini ixtisoslashtirishni ta'minlaydi
O'qitishni tabaqalashtirish – uslubiy, psixologik-pedagogik va tashkiliy-boshqaruv tadbirlar majmuasi asosida tuzilgan turli xildagi gomogen guruhlarda o'qitish uchun turli xil shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
O'qitishning eng yuqori oliy pog'onasi individual o'qitish hisoblanadi
Oliy va o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim tizimida gomogen guruhlar, tahsil oluvchilarning individual-psixologik xususiyatlari, avvalo aqliy rivojlanish darajasi asosida tuziladi.
Umumta'lim maktablarida, akademik liseylarda va kasb-hunar kollejlarida tahsil oluvchilarning aqliy rivojlanish darajasi bo'yicha tabaqalashning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda salbiy tomonlari ham mavjud bo'ladi. Oliy maktab uchun esa bu o'qitish tizimiga hech qanday shak-shubha yo'q. Hozirgi paytda oliy o'quv yurtlariga kiruvchilarning bilimlarni o'zlashtirish darajasi 100 % dan 25 % gacha tashkil etadi. Bunday sharoitda davlat ta'lim standartlari talabiga mos oliy malakali kadrlar tayyorlash maqsadida o'qitishni tabaqalashtirish davr taqozosidir.
Tahsil oluvchining mavjud shaxsiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqarishini ta'minlash, zamonaviy o'quv jarayoniga qo'yiladigan jadallashgan ilmiy-texnikaviy taraqqiyotining talabidir. Bunga individual va individuallashtirilgan o'qitish orqali erishish mumkin.
Individual o'qitish – bu o'quv jarayonining tashkil etishning shakli bo'lib, bunda pedagog tahsil oluvchilar bilan yakkama-yakka shug'ullanadi, tahsil oluvchi o'quv vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta'lim oladi.
Individual o'qitishning afzalliklari: pedagogik jarayonning tahsil oluvchi qobiliyatlariga moslashuvchanligi imkoniyatidir. Bunda tahsil oluvchining bilim olish darajasi doimiy monitoringini amalga oshirish va zaruriy tuzatishlar kiritish natijasida maqbul pedagogik jarayon tashkil etiladi
Individual yondashish – bu pedagogik prinsipga ko'ra, pedagogik jarayonda pedagogning tahsil oluvchilar bilan o'zaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi va butun guruh hamda har bir alohida tahsil oluvchining rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi.
Individuallashtirilgan o'qitish bunday o'quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish asosida o'qitish yo'llari, usullari, sur'ati tanlanadi va turli o'quv-uslubiy psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta'minlanadi.
Yakka tartibda o'qitish texnologiyasi – bunda o'quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish va o'qitishning individual shakli ustuvor hisoblanadi. O'qitishning barcha shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarida u yoki bu darajada individual yondashish qo'llaniladi, ammo individuallashtirilgan o'qitishda, individual­lashtirish, o'quv maqsadlariga erishishning asosiy vositasi hisoblanadi. Individuallashtirilgan o'qitishning asosi, tahsil oluvchining individual-pedagogik xususiyatlarini o'rnatish hisoblanadi. Olingan natijalar asosida, o'qitish usuli tanlanadi. Qabul qilingan texnologiyalar, qoidalar va prinsiplarga ko'ra o'qitish jarayoni amalga oshiriladi.

Download 253 Kb.

Share with your friends:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page