Universiteti


Keysni o'rganish maqsad va vazifalarini ishlab chiqish -



Download 253 Kb.
Page15/26
Date07.04.2024
Size253 Kb.
#64009
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
chet tili bilimlari oʻtkazish
adsf, chet tili bilimlari oʻtkazish, 1- topshiriq (1)
Keysni o'rganish maqsad va vazifalarini ishlab chiqish - mazkur bosqichda o'qituvchi o'qitiladigan fan bo'yicha tahsil oluvchi o'zlashtirishi zarur bo'lgan bilim va malakalarga o'z e'tiborini qaratadi. Oldin o'rganilgan material bilan qo'yilgan maqsadning so'zsiz muvofiqligi ko'zda tutilgan bo'lishi zarur. Keys-stadilarni tuzish va qo'llashning asosiy prinsiplari etarli darajada umumiydir.
Keysning maqsad va vazifalariga muvofiq materiallar tanlash -keysning materiali muammoni ochib berishi lozim va mazkur muammo keys oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarga mos bo'lishi kerak. Keyslar haqiqiy vaziyatlarni aniq tafsilotini namoyish etishlari yoki biroz muallifni ijod natijalardan qo'shilgan bo'lishi mumkin. Keyslar uchun ma'lumotlar va materiallari sifatida yuqorida ko'rsatilganidek, gazeta maqolalari, tashkilotlarning hujjatlari, u yoki bu sohadagi tashkilotning faoliyati bo'yicha xususiy kuzatuvlar, mutaxassislarning fikri, iste'molchilarning fikri, statistika qo'mitasi ma'lumotlari, diagramma fotohujjatlar, multimedia materiallari, slaydlar va h.k. xizmat qilishi mumkin.
Materiallarni birlamchi qayta ishlash. -Ushbu bosqichda olingan ko'p sonli axborotlardan, keys-stadi maqsadlariga mos keluvchi, foydalisini tanlab olinadi. Keys-stadida qo'llaniladigan integrallashgan tahlil, ko'p shakllarga ega bo'lishi mumkin. U asosan qo'shimcha ma'lumotlarni tarmoq hisobotlari, texnik hujjatlar, kompaniyalar hisobotlari, shaxsiy tajribalar va h.k. kiritish va tahlil etishdan iborat.
Keys turini aniqlash. - Keys-stadi tayyorlash usuli bo'yicha turlicha bo'lishi mumkin. Yozilish joyiga ko'ra keys-stadilar “maydonda” (ya'ni ob'ektda – firma yoki kompaniyada) yoki o'qituvchining ish stolida tayyorlanishi mumkin bo'lsa, keys stadida foydalaniladigan manbalar rasmiy (ya'ni nashr etilgan) yoki norasmiy (ya'ni dastlabki manbalardan olingan) ko'rinishga ega bo'lsa, ko'rsatilgan ikki o'zgaruvchi jamlamasidan to'rt xil keys-stadi hosil bo'ladi: - “kutubxona”, “nashriy”, “klassik” va “kabinet”, “Kutubxona” keys-stadisi tashqi tomonidan “maydonda”gi tadqiqot natijasida tayyorlangan keys-stadiga o'xshab ketadi. Ularda korxona faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida (televideniya bilan birga) va davlat boshqaruv organlarida (statistik, nazorat, sud va h.k.) chop etilgan axborotlar keng miqyosda foydalaniladi.
“Kabinet” keys-stadilar, muallifning tadqiqotlari boshqaruv sohasidagi o'qituvchiligi va maslahatchiligida to'plagan boy tajribalariga asoslanadi.

Download 253 Kb.

Share with your friends:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page