Universiteti


Keys maqsadi va vazifasiga muvofiq materialni moslash



Download 253 Kb.
Page16/26
Date07.04.2024
Size253 Kb.
#64009
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
chet tili bilimlari oʻtkazish
adsf, chet tili bilimlari oʻtkazish, 1- topshiriq (1)
Keys maqsadi va vazifasiga muvofiq materialni moslash. -Haqiqiy vaziyatlar tafsilotini tayyorlashda, odatda kompaniya, muassasa, tashkilot, raxbariyati, uning raqobatchilari olingan axborotdan foydalanishiga to'sqinlik qilish maqsadida ularning manzillarni o'zgartirishini niqoblanishini talab etadi. Ushbu holatlarda tadqiqot ob'ektining uydirma nomlaridan foydalanish mumkin, ko'rsatkich va ma'lumotlarni biroz tuzatish mumkin, ular uydirma bo'lmasligi kerak, chunki vaziyatning ko'rinish tafsiloti tubdan o'zgarib haqiqatdan farq qilishi mumkin.
Masalan, daromad hajmi va xarojatning hisobiy ko'rsatkichi sun'iy oshirilsa, tashkilotda ma'lum harakatlar uchun qandaydir zahira mavjudligi haqida xulosa qilish mumkin bo'ladi, ammo haqiqatda buni bajarib bo'lmaydi. Keys muallifi, vaziyat tarixini o'rganishni taklif etishi mumkin, ya'ni ushbu vaziyat qo'yilgan o'quv maqsadlari talablariga mos kelishi kerak.
Keys matni va unga qo'yiladigan savollarini texnik tuzish. -Haqiqiy vaziyatlarning tafsilotidan tashqari, izchillik bilan haqiqatga yaqin vaziyatni tasvirlash tajribasiga ega bo'lgan muallifning ijodiy hayoti asosida ham vaziyatni ifodalash mumkin. Ammo, ko'pchilik hollarda bunday keyslar tahsil oluvchilarga yoqmaydi, ular haqiqiy, chuqur ma'noga ega bo'lgan, aniq va to'liq axborotlarni talab etadilar. Ular eng avvalo haqiqiy vaziyatga o'zlarining foydali va bu jarayonlarga tegishli ekanligini his etishni xohlaydilar, o'z bilim va malakasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Keys usulni qo'llash bilan mashqlar bajarishni farqlay olish kerak. Mashqlarni bajarish yuzaki tafsiloti haqiqiy yoki uydirma bo'lgan voqeani eslatishi mumkin. Ammo, mashqni bajarish maqsadi bilan keys-stadi tadqiqotlari turlidir. Matematik ko'rinishdagi misol, masala, mashqlar tahsil oluvchilarni maxsus konsepsiya, texnika yoki prinsipni qo'llashni o'rganish uchun material hisoblanadilar. Vaziyat esa, tahsil oluvchilarga keng qamrovli malakalarni egallashga yordam berish uchun qo'llaniladi. Mashq yoki masalani bajarishda bitta echim va bu echimning bitta yo'li mavjud bo'ladi, vaziyatda esa juda ko'p echim va echimning muqobil yo'lchalari mavjuddir.
Vaziyatni shunday ifodalash mumkinki u tahsil oluvchilarga maxsus analitik usulni qo'llash yoki muammoga maxsus usul bilan yaqinlashish imkoniyatini yaratsin. Keys usulning asosiy vazifasi – bu tahsil oluvchilarni tarkiblashtirilmagan muammolar majmuasini echishni o'rgatishdan iborat, ushbu turdagi muammolarni muayyan analitik usul yoki yo'l bilan echib bo'lmasligi aniq. Shuning uchun, o'qituvchi tahsil oluvchi oldiga aniq vazifa qo'yishi lozim: yoki masalani echish yoki keys-stadini bajarish. Buning uchun berilgan topshiriq bo'yicha o'qituvchi tahsil oluvchining nuqtai nazari bilan o'zinikini solishtiradi va zaruriyat bo'lsa, tahsil oluvchi tushunchasiga tuzatish kiritadi.
Vaziyatlar “jonsiz”, “jonli” yoki qandaydir o'rtacha bo'lishi mumkin. “Jonsiz” vaziyatda, vaziyatning barcha axboroti tahsil oluvchilarga tahlilning boshida taqdim etiladi. Vaziyat tirik bo'lishi uchun, axbort vaziyat o'zgarishi bilan qo'shimcha berilib boriladi, ya'ni vaziyatni to'la o'rganish davomida qandaydir ma'lumotlar beriladi. Bu esa vaziyatni haqiqiy o'zgarib borishini ta'minlaydi. Ba'zi keys-stadilarda bir tashkilotning o'zida, bir vaqtning o'zida paydo bo'lgan muammolar, vaziyatlarning turlicha talqini taqdim etilishi mumkin. Bunday holatlarda tahsil oluvchilarda mazkur tashkilot va uning muammolari haqida ma'lumot to'plab, o'zlarining juda murakkab javoblari va echimlarini ishlab chiqishga imkoniyat yaratiladi.
Vaziyatning “jonli” shakli ikki turli bo'lishi mumkin. Birinchi turda, tashkilot a'zosi mavjud vaziyatni umumiy tarzda ifoda etadi. Tashkilotdagi aniq holat va uning muammolarini aniq tassavur etish uchun, tahsil oluvchilar o'qituvchiga bir necha qo'shimcha savollar berishlari zarur bo'ladi. Tabiiyki, bunday keyslarning har biri, ularning ko'rilish vaqti va joyiga ko'ra farq etadi. Ikkinchi turi, oddiy keys – usuldagidek, vaziyatni oddiy yozma tafsilot ko'rinishida taqdim etadi. Tahsil oluvchilarda haqiqiy vaziyatga jalb etilish uchun, faqat o'zlariga foydali axborotlarni to'plash imkoniyati beriladi. Ushbu turli “jonli” vaziyat, o'rganishning boshqa usuli – loyihalashga yaqinlashadi. Ularning asosiy farqi tashkilot va tahsil oluvchi o'rtasidagi munosabatning xarakteridadir. Loyihalash odatda tashkilot a'zolariga faoliyat rejasini taklif etuvchi tahsil oluvchilar guruhini jalb etadi. “Jonli” vaziyat, asosan tashkilotdan axborot manbasi sifatida foydalanishga imkon berishi mumkin. Tahsil oluvchilarning qiziqishi oshgani sari ta'lim imkoniyati oshib boradi. Bundan tashqari, bu tahsil oluvchilarda axborotni izlash, olish va baholash ko'nikmalariga ega bo'lish imkoniyatlarini yaratadi. “Jonli” vaziyatlar, ularni tadqiq etishning yuqori darajadagi malakalarini talab etadilar, bunday malakaga esa quyi kurs tahsil oluvchilari ega bo'lmaydilar. Ko'pchilik o'qituvchilar ushbu turli vaziyat yo'riqnomasini an'anaviy keys – kurs va loyihalash orasidagi ko'prik sifatida foydalanadilar.

Download 253 Kb.

Share with your friends:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page