1-ma’ruza. Mavzu



Download 58.13 Kb.
Page1/6
Date06.09.2023
Size58.13 Kb.
#61995
  1   2   3   4   5   6
1-maruza

1-MA’RUZA.
MAVZU: KIRISH. FANNING VAZIFALARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. ASOSIY TUSHUNCHA VA TA’RIFLAR. ISHONCHLILIK MUAMMOLARI.
REJA:
1. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarning ishonchliligi fanining predmeti va vazifasi.
2. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarning ishonchliligi fanini o‘qitishdan maqsad.
3. Ishonchlilikning asosiy atama va tariflari. Ishonchlilik muammolari.
4. Avtomatlashtirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi aniqlash.
Mavzu bo’yicha tayanch iboralar: Ishonchlilik; Ishonchlilik mumammolari; Buzilish; Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi; Ishonchlilikni iqtisodiy jihati; Vaqt omili; Buzilish xususiyati; Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimning ishonchliligi; Avtomatlashtirish tizimi; Avtomatlashtirish tizimi samaradorligi; Tizimning uzoq muddatliligi; Texnik tizim qurilmalarining ishonchliligi.
1. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarning ishonchliligi fanining predmeti va vazifasi.
Hozirgi davrda xalq xo‘jaligida minglab har xil turdagi avtomatik vositalari ishlab turibdi. Shu sababli avtomatik vositalarining ishonchliligini oshirish katta ahamiyatga ega. Ishlatish davrida texnik xizmat va ta‘mirlash uchun ketadigan sarf xarajatlar avtomatik tizimining boshlang‘ich narxidan ancha ortiq. Ishonchlilik muammosini hal qilish katta mablag‘larni tejash imkonini beradi. Texnik taraqqiyot avtomatik vositalarini loyihalash, ishlab chiqarish va ishlatish bo‘yicha ishonchlilik fani oldiga, ularni og‘ir sharoitda va tasodifiy holat vujudga kelganda ish qobiliyatini ta‘minlash, texnik holatini oldindan aytib berish, tahlil qilish va eng optimal konstruksion yechimlarni topish bo‘yicha topshiriqlar qo‘yadi. Ushbu fanni o‘rganishda ehtimollik nazariyasi, fizik – kimyoviy mexanika, ishqalanish nazariyasi, yeyilish hamda mashinalar dinamikasi va ishonchliligi fanlaridan foydalaniladi. Ishonchlilik fani texnik qurilma va tizimlar sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi va uning asosida eng kam sarf xarajatlar bilan ularning buzilmasdan himoya qilish hamda ishlash muddatlarini oshirish usullarini ishlab chiqadi. Ishonchlilik masalalarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

Download 58.13 Kb.

Share with your friends:
  1   2   3   4   5   6




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page