1-Mavzu: Ta’lim texnologiyasini tuzilishi Reja



Download 17.88 Kb.
Date01.02.2024
Size17.88 Kb.
#63398
1-Mavzu Ta’lim texnologiyasini tuzilishi Reja
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat-fayllar.org

1-Mavzu: Ta’lim texnologiyasini tuzilishi
Reja
1. Ta’lim texnologiyasi - Pedagogika tizimning tashkil etuvchisi.
2. Ta’lim texnologiyasining (qismlari bo’yicha) tuzilmasi.
3. Ta’lim texnologiyasining haraktlanuvchi tuzilmasi.
4. Ta’lim texnologiyasini loyihalash va ishlab chiqish tartibi
Tayanch tushunchalar;
Tizim, model, tuzilma, tarkib, element, haraktlanuvchi tuzilma, loyihalash, maqsadni belgilash, maqsad, vazifa, natija.
Ta’lim texnologiyasi - tizimli toifa bo’lib, tuzilmaviy tashkil etuvchi va qismlari bo’lib,
quyidagilar hisoblanadi:
1. Ta’limning yo’l va vositalari:
Ta’lim usullari; ta’lim shakllari; ta’limning yo’llari, texnikalari; ta’lim vositalari.
2. Muloqotning yo’l va vositalari:
2.1. Ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan birga tezkor qaytar aloqa asosida bevosita
o’zaro harakati:
(1) ta’lim beruvchi - o’quv axborot manbai, undan foydalanishning tashkilotchisi hamda nazoratchisi;
ta’lim oluvchi - axborot iste’molchisi, ta’sir o’tkaziladigan boshqaruv ob’ekti;
(2) ta’lim beruvchi - o’quv axboroti manbai bo’lib, maslahatchi, ta’lim jarayonining
sub’ektlari o’rtasida axborot almashinuvining muvofiqlashtiruvchisi;
ta’lim oluvchi- o’quv axborotini egallash va uni ishlatish bo’yicha shaxsiy mustaqil
ijodiy faoliyat sub’ekti.
2.2. Vaqt bo’yicha bo’lingan qaytar aloqa bilan ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan
birga bavosita o’zaro harakati:
(1) ta’lim beruvchining ta’lim manbalari bilan ta’lim oluvchilarni eng kam
ishtiroklaridagi o’zaro harakati;
(2) ta’lim beruvchining bir ta’lim oluvchi bilan, ikkita ta’lim oluvchi o’rtasidagi: faol
o’zaro harakat;
(3) ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari o’rtasida: ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar
guruhi bilan; ta’lim oluvchi guruhlar o’rtasida: faol o’zaro harakat.
3. Axborotning yo’l va vositalari:
axborotni yetkazish - monolog, dialog, ‘olilog;
axborotni olish (qaytar aloqa) - tashxis, baholash, kuzatuv.
4. Boshqaruvning yo’l va vositalari:
Bashoratlash; rejalashtirish; nazorat; baholash; axborotni yig’ish, uning to’’lanishi
va tahlil; o’zgaruvchanlikni va yo’nalishni aniqlash; boshqaruv xulosasini qabul qilish; o’zgartirish kiritish.
. Ta’lim texnologiyasinngi kontse’tual asoslari. TTning bu qismida quyidagilar yoritiladi:
o’quv fanining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, auditoriya soatlarining umumiy
hajmi
va o’quv fanining namunaviy dasturiga muvofiq ularni mavzular bo’yicha taqsimoti, ish turlari;
o’quv fanining mazmuni, o’quv fanining namunaviy dasturiga muvofiq o’quv
fanining mavzu mazmuni bayon etiladi;
o’quv mashg’ulotlarida ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishning kontse’tual
holatlari -
ta’lim berish, muloqot, axborot va boshqaruvning yo’l va vositalarini tanlashning asosi bo’ladigan, ta’lim texnologiyasini loyihalash va rejalashtirishning kontse’tual asoslari.
3. Ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlariga loyihalangan ta’lim texnologiyasi.
Har bir ta’limiy texnologiya ta’lim texnologiyasi, ta’limning texnologiya xaritasi, texnologiya xaritasiga ilovalardan iborat bo’ladi.
3.2. O’quv fani bo’yicha o’qitish rejasining tuzilishi va mazmunli tarkibi
Aniq fan va mavzu bo’yicha mashg’ulotning ta’lim modeli jadval ko’rinishida bo’lib, unda quyidagilar ko’rsatiladi:
dastlabki ma’lumotlar: o’quv mavzusi, vaqti, talabalar soni;
shakl (ma’ruza, seminar va boshq.) va ko’rinishi (masalan, muammoli ma’ruza va bosh.),
o’quv mashg’uloti rejasi/tuzilishi, uning maqsadi, o’quv faoliyatining ko’zlanayotgan natijalari,
Pedagogik vazifalari;
tanlangan ta’lim modeli: usullar, shakllar va o’qitish vositalari;
ta’lim berish sharoiti: maxsus jihozlangan, guruhli shakllarda ishlashga mo’ljallangan xonalar;
monitoring va baholashga asoslangan qaytar aloqaning yo’l va vositalari: nazorat turi (yozma va og’zaki), nazorat shakli ( tezkor-so’rov, test olish, taqdimot, o’quv to’shiriqlari va boshq.).
O’quv mashg’ulotining texnologiya xaritasi uch qatorni o’z ichiga olib, 1,5-2 varaqda
jadval ko’rinishida bajariladi: (1) o’quv mashg’uloti bosqichlari va vaqti; (2) ta’lim beruvchi faoliyati; (3) ta’lim oluvchi faoliyati.
Ilova. O’quv jarayonining tashkiliy - didaktik vazifasini bajaradi: o’quv/mustaqil ish
uchun savol va to’shiriqlarni, uni baholash mezonlarini, o’quv ish jarayonida talabalar amal qilishi lozim bo’lgan qoidalar, ta’lim beruvchi foydalanadigan tayanch yozmalar, shuningdek chizma, jadval, slaydlar va boshqa ko’rgazmali materiallar, rejalashtirilgan maqsadlarga erishishni nazorat qilish uchun to’shiriqlar (testlar, savollar, to’shiriqlar va mashqlar).
Download 17.88 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page