Shavkat Rahmon. “Tong ochar koʻzlarin…”, “Turkiylar”, “Jangda oʻlgan emas biror bahodir”, “Baxt soʻzi” sheʼrlari.
Ijodiy ishni bajarish bosqichlari:
Eslatma:
O‘quvchilar oldindan juftliklarda loyiha ishiga tayyorlanadilar.
BSB o‘tkaziladigan kun loyiha ishini taqdim etib baholanadilar.
1. Kichik guruhlarga bo‘lining.
2. Audiomatn va uning tayyorlanishi haqida internet tarmoqlari orqali ma’lumot to‘plang.
3. Yuqorida keltirilgan asarlardan birini tanlang.
4. Ovozlashtiring.
5. Tahrir qiling.
6. Taqdim eting.
(Audiomatnni yoki matn QR-kodini sinfdoshlaringiz uchun tashkil etilgan telegram guruhiga yuborishingiz mumkin).
Mavzu loyiha ishi talablari bilan uyg‘unlashgan, matn qahramonlari yoki lirik qahramonning xarakteri, hissiyotlari ovoz orqali to‘liq ochib berilgan, so‘z va gap urg‘usi o‘z o‘rnida qo‘llangan, tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirib, asarni to‘liq o‘qib chiqishga qiziqish uyg‘ota olgan bo‘lsa
15-14
15 ball
Mavzu loyiha ishi talablari bilan uyg‘unlashgan, matn qahramonlari yoki lirik qahramonning xarakteri, hissiyotlari ovoz orqali yetarlicha ochib berilgan, so‘z va gap urg‘usi o‘z o‘rnida qo‘llangan, tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirib, asarni to‘liq o‘qib chiqishga qiziqish uyg‘ota olgan bo‘lsa
13-10 ball
Mavzu loyiha ishi talablari bilan uyg‘unlashgan, matn qahramonlari yoki lirik qahramonning xarakteri, hissiyotlari shunchaki, hissiz ohang orqali ovozlashtirilgan, so‘z va gap urg‘usi o‘z o‘rnida qo‘llanmagan bo‘lsa
9-5 ball
Mavzu loyiha ishi talablari bilan uyg‘unlashmagan, so‘z va gap urg‘usi noto‘g‘ri qo‘llangan bo‘lsa